Abbosiylar oʻrtasida boʻlib oʻtgan 865—866-yillardagi fuqarolar urushi. Uni baʼzan Beshinchi fitna deb ham atashadiBonner, p. 310, „Samarradagi anarxiya“si davrida raqib xalifalar Mustaʼin va Muʼtazz oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuv yuz berib, Abbosiylar xalifaligi ustidan boshqaruv kimning qoʻlida boʻlishini aniqlash uchun kurash kechgan. Taxminan bir yil davom etgan urush asosan Bagʻdodni uzoq muddat qamal qilish bilan kechib, Muʼtazzning yagona xalifa boʻlishi bilan yakunlangan. Mustaʼinni tarafdorlari tashlab ketgach, taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan. Mustaʼinning hayotini saqlab qolish uchun kafolat berilganiga qaramay, koʻp oʻtmay qatl etilgan.

Urush natijasi Muʼtazzning hokimiyat tepasiga kelishi uchun qoʻllab-quvvatlagan turkiy harbiy tuzilmaning katta gʻalabasi boʻlib, turklarga xalifalik hukumati va harbiylari ustidan hokimiyatni saqlab qolish imkonini bergan. Garchi urushdan oldingi egallab turgan pozitsiyalarini saqlab qolishlariga ruxsat berilgan boʻlsa-da, Mustaʼin partizanlari, yaʼni Tohiriylar oilasi, arab harbiy guruhlari va Bagʻdod fuqarolari taslim boʻlganlaridan keyin markaziy hukumat siyosatidan chetlashib qolishgan. Urush davomidagi aksariyat janglar bo‘lib o‘tgan Markaziy Iroq har ikki tomonning harakatlari tufayli vayron bo‘lgan.

Tarixchi Tabariy urush haqida batafsil ma’lumot berganSaliba (1985) pp. 33-63, 66-108. MasʼudiyMas'udi, pp. 363-7 va YaʼqubiyYa'qubi, p. 610 kabi boshqa musulmon tarixchilari ham oʻz asarlarida urushni eslatib oʻtganlar.

Kelib chiqishi thumb|right|400px|9-asr Abbosiy xalifalar shajara daraxti.

Xalifa Mutavakkil (847—861) vafotidan keyin oʻgʻillariga xalifalikni meros qilib olish imkonini beradigan vorislik rejasini tuzgan. Unga koʻra, dastlab birinchi oʻgʻli Muntasir, keyin Muʼtazz va uchinchi boʻlib Muʼayyad xalifa boʻlishi kerak ediBosworth, "Mu'tazz," p. 793. 861-yilda Mutavakkil bir guruh turk harbiy ofitserlari tomonidan, ehtimol Muntasirning yordami bilan oʻldirilgan. Muntasirning qisqa hukmronligi davrida (861—862) turklar xalifaga Muʼtazz va Muʼayyadni vorislikdan mahrum qilish boʻyicha bosim oʻtkazishgan. Muntasir vafot etgach, turk zobitlari bir joyga yig‘ilib, o‘lgan xalifaning amakivachchasi Musta’inni taxtga chiqarishga qaror qilishganBosworth, "Muntasir," p. 583. Yangi xalifa taxtga chiqishi bilan Samarrada huquqdan mahrum boʻlgan Muʼtazzni qoʻllab-quvvatlagan yirik gʻalayonga duch kelgan. Qoʻzgʻolonchilar harbiylar yordami bilan bostirilgan, ammo har ikki tomondan yirik talofatlar berilgan. Mustaʼin Muʼtazz yoki Muʼayyad xalifalikka daʼvo qilishlari mumkinligidan xavotirlanib, avval ularni sotib olishga urinib koʻrgan, keyin esa zindonga tashlaganSaliba (1985) pp. 6-7.

Muʼtazz tarafdorlari bostirilgach, xalifaning hukmronligi deyarli uzilishsiz 865-yilgacha davom etgan. Hukumatning doimiy ravishda askarlarga maosh toʻlashga qodir emasligi turklar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar bilan birga rejim barqarorligiga ham tahdid solgan. 865-yil boshida turk zobitlari oʻrtasida janjal kelib chiqib, tezda umumiy askarlar kurashiga aylandi. Ofitserlardan biri oʻldirilgach, askarlar zoʻravonlik qilishga kirishib, tez orada Samarra koʻchalarida gʻalayon koʻtarishgan. Bunaqa vaziyatga duch kelgan Mustaʼin va ikki oliy martabali turk zobitlari Vosif va Bugʻa ash-Sharabiy Samarradan Bagʻdodga ketishga qaror qilib, u yerga 865-yil fevral oyining birinchi haftasida yetib kelishgan. Ular yetib kelgach, shaharning qudratli Tohiriy noibi Muhammad ibn Abdulloh kutib olib, xalifa uning saroyiga joylashdiSaliba (1985) pp. 28-31, 34.

Samarradagi turklar Mustaʼinning shahardan chiqib ketganini bilib, Bagʻdodga boradigan yoʻlni toʻsib qoʻydilarSaliba (1985) p. 33. Keyin turklar delegatsiyasi xalifa huzuriga borib, qilmishlari uchun mag‘firat qilishi va o‘zlari bilan xalifaning Samarraga qaytishini so‘radilar. Mustaʼin turklarga haq toʻlashda davom etishlarini vaʼda qilar ekan, Bagʻdodni tark etishdan bosh tortib, Muhammad ibn Abdulloh bilan birga elchilarni beadabliklari uchun masxara qilishgan. Xo‘rlangan turklar jahl bilan Samarraga qaytib, bo‘lgan voqeani vatandoshlariga aytib berishgach, Mustaʼinni taxtdan tushirishga qaror qilishgan. Askarlar Muʼtazzni zindondan ozod qilib, uni oʻzlarining xalifalari deb tan olishgan. Muʼtazz taklifga rozi boʻlgach, bayʼat tuzilib, Samarradagi koʻplab amaldorlar unga bayʼat qilganSaliba (1985) pp. 34-9.

Harbiy harakatlarning boshlanishi

Abbosiylar sulolasining ikki aʼzosi oʻzlarini xalifa deb daʼvo qilishlari tufayli urush muqarrar boʻlib qoldi. Mustaʼin tarafida boʻlgan Muhammad ibn Abdulloh tezda harbiy harakatlarga boshchilik qila boshlagan. U Bag‘doddan Samarraga barcha oziq-ovqat tashuvlarini to‘xtatishni buyurib, Mosul mintaqasidagi ittifoqchilardan ham shunday qilishni soʻradi. Muhammad oʻziga nisbatan doʻstona qoʻmondonlarga kuchlarini safarbar qilishga chaqiruvchi maktublar yuborib, ularni Bagʻdodda ishga yollashni boshladi. Qamalga tayyorgarlik jarayonida shahar mustahkamlanib, ishlar 22-fevralgacha yakunlandi. Anbar atrofidagi ko‘priklar va kanallar vayron bo‘lib, hududni suv bosishi hududda dushman qo‘shinlarining har qanday harakatiga to‘sqinlik qilganSaliba (1985) pp. 39-42. Muhammad butun xalifalik bo‘ylab soliq idoralariga ham xat yozib, ularning daromadlarini Samarra o‘rniga Bag‘dodga yuborishni buyurganShaban, p. 82; Saliba (1985) p. 41.

O‘z navbatida, Mu’tazz Muhammadga maktub yo‘llab, uni oʻziga bay’at qilishga undaganSaliba (1985) pp. 41-2. Koʻp oʻtmay, Muʼtazz ukasi Abu Ahmadni (boʻlajak Muvaffaq) qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlab, unga Mustaʼin va Muhammadga qarshi jang qilishni buyurdi. Kalbatikin at-Turkiy boshchiligidagi besh ming turk va farg‘onalik (faragʻina) askarlar hamda Muhammad ibn Rashid al-Mag‘ribiy boshchiligidagi ikki ming shimoliy afrikalik (mag‘ariba)On this term see Gordon, p. 38 and n. 260 askardan iborat qo‘shin 24-fevral kuni Samarradan jo‘nab ketgan. Olti kundan keyin ular Ukbaraga yetib kelishib, u yerda Abu Ahmad al-Muʼtazz nomidan namoz oʻqidilar. Turklar va Shimoliy Afrikaliklar Ukbara va Bagʻdod oʻrtasidagi hududni talon-taroj qila boshladilar. Bu esa koʻplab mahalliy aholining oʻz mulklari va dalalarini tashlab ketishlariga sabab boʻldi. 10-mart kuni Abu Ahmad va uning qoʻshini Bagʻdodning sharqiy tarafidagi Shammasiya darvozasi oldiga yetib kelibSaliba (1985) pp, 43-6, shaharni qamal qila boshladi.

Strategiya va harbiy kuchlar

Mustaʼin

Har ikki xalifa ham urush davomidagi harbiy amaliyotlarda bevosita qatnashmagan. Mustaʼin jangovar harakatlarni olib borish masʼuliyatini Muhammad ibn Abdulloh zimmasiga topshirish bilan kifoyalangan. Qoʻmondon boʻlgan Muhammad umumiy mudofaa strategiyasini tanlagan. Bag‘doddagi mavqeiga tayangan holda, Muhammad shahar va uning atrofidagi tumanlardan tashqarida har qanday hujum operatsiyalarini o‘tkazishni istamagan. Hatto unga boshqalar tashqarida jang olib borishni maslahat bergan bo‘lsa ham, bunga koʻnmagan. Muhammad shaharga kelishni yoʻlidagi shaharlarni himoya qilishga harakat qilgan boʻlsa-da, Samarraga hujum qilishga urinish haqida hech qanday harakat qilmagan. Bagʻdodda qolib, shaharning taʼminot yoʻllarini ochiq tutib, bir vaqtning oʻzida Samarra uchun oziq-ovqat va soliq tushumlarini toʻxtatib qoʻygan Muhammad Muʼtazz qoʻshinlarini zaiflashtira olishiga ishongan.

Bagʻdodni qamalga tayyorlash uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Shaharning sharqiy va gʻarbiy tomonida devor va xandaqlar qurilgan boʻlib, ularga uch yuz ming dinordan ortiq mablagʻ sarflangan. Devorlarga ballistalar va manjaniqlar oʻrnatilgan. Shahar darvozalari oldiga dushman harakatiga toʻsqinlik qilish uchun moʻljallangan „urush dvigatellari“ joylashtirilgan. Bozor ayvonlari yonib ketmasligi uchun buzib tashlangan. Shahar tashqarisidagi joylar esa hujumchilarni tuzoqqa ilintirish uchun loy holatigacha yumshatib chiqilganSaliba (1985) pp. 40-1. Jang boshlanganidan bir necha kun oʻtgach, himoyachilar uchun kattaroq joy ochish maqsadida Muhammad devor ortidagi katta maydonni vayron qilishni buyurgan.

Muhammad oʻz ittifoqchilari va Bagʻdod aholisidan iborat koʻplab ishchi kuchi manbalariga ega edi. U yordam soʻrab chaqiruviga quloq soladigan koʻplab doʻstona munosabatdagi harbiy qoʻmondonlarga tayanishi mumkin edi. Urushning dastlabki oylarida Iroq, Jazira, Jibal, Arab—Vizantiya chegarasi va boshqa joylardan bir nechta kichik harbiy guruhlar Bagʻdodga kelganSaliba (1985) pp. 59, 62, 67, 71, 76. Muhammadning jiyani Muhammad ibn Tohir ham ittifoqchisi edi. U koʻplab sharqiy viloyatlarning hokimi boʻlsa-da, oʻsha paytda asosan Tabaristondagi Hasan ibn Zayd qoʻzgʻoloni bilan band ediBosworth, "Tahirids," pp. 102-3. Muhammad oʻz askarlari safini kengaytirish uchun Bagʻdodda harbiy safarbarlik oʻtkazib, koʻngillilarni Mustaʼinga xizmat qilishga chaqirgan. Urush boshlangan paytda Makkaga yo‘l olgan bir guruh xurosoniy ziyoratchilardan ham shaharda qolib, jang qilish so‘ralgan. Shahardagi ko‘plab qaroqchilar ham yollangan va qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan. Dastlab ularga oʻzlarini himoya qilishlari uchun boʻyra va dushmanga hujum qilish uchun tosh yoki gʻisht qoplari berilganSaliba (1985) p. 41. Keyinchalik alohida harbiy qismlar tuzildi, boshliqlar tayinlandi va pul toʻlash uchun harbiy roʻyxatga olindiSaliba (1985) p. 66. Atrofdagi arab badaviylari va kurd qabilalari ham Mustaʼin uchun kurashganSaliba (1985) pp. 46-7, 75-6.

Abbosiylarning odatiy saroy amaliyotiga koʻraStillman, pp. 42-3, Mustaʼin va Muhammad ofitserlar va askarlarga muntazam ravishda sovgʻalar bergan. Tabariyning voqea-hodisalar haqidagi maʼlumotida qo‘mondonlarning xizmatlari uchun mukofotlanganiga oid ko‘plab misollar mavjud. Ularga o‘z qo‘shinlari bilan Bag‘dodga yetib kelishlari, jang maydonidagi alohida xizmatlari yoki muhim missiyaga rahbarlik qilish uchun tanlanganlari holatlardagi kabi bir necha marta sovg‘alar berilgan. Anʼanaviy sharafli liboslar muntazam ravishda berilgan. Boshqa sovgʻalar zargarlik buyumlari, tantanali qilichlar, pullar va qoʻshinlar uchun oshirilgan ajratmalar ediSaliba (1985) pp. 43, 46, 49, 59, 62, 67, 69, 71-2, 75, 77-8, 90.

Muhammad qoʻmondonligi ostidagi qoʻshin miqdori aniq emas, ammo Muʼtazz qoʻshinlaridan ancha koʻp boʻlganKennedy, "Muslim World," p. 279. Muhammadning koʻplab boʻlinmalari tartibsiz boʻlgani sababli, jangdagi xatti-harakatlari har doim ham ishonchli boʻlmagan va buyruqlarni bajarmaganlari uchun koʻpincha intizomiy jazoga tortilgan. Bundan tashqari, koʻplab qoʻshin qoʻmondonlari Mustaʼin uchun bayʼat qilishga tayyor boʻlishsa-da, ularning hammasi ham Muhammaddan buyruqlariga itoat qilishga tayyor emas edi. Bagʻdoddan tashqarida Mustaʼinni qoʻllab-quvvatlovchi harbiy boʻlinmalar mustaqil harakat qilib, oʻz tashabbusi bilan turklarni jalb qilish holatlari ham koʻp.

Muʼtazz

Inqiroz boshidanoq Muʼtazz oʻzini qonuniy xalifa sifatida koʻrsatish bilan shugʻullangan. U otasi tirikligida merosxoʻr deb eʼlon qilingan va vorislik tartibiga koʻra, Muntasir vafotidan keyin xalifa boʻlishi kerak edi. 862-yilda xalifalik huquqidan voz kechishga majbur qilingan, agar talabni rad etsa, turklar oʻldirish bilan tahdid qilgan edi. Shuning uchun ham taxtdan voz kechish aktini noqonuniy deb hisoblagan. U, shuningdek, odamlarni Mustaʼinga xizmat qilish qasamini buzmasdan, oʻziga bayʼat qilishlari mumkinligiga ishontirishga harakat qilgan. Muhammad ibn Abdullohga yozgan maktubida buni qanday qilish mumkinligini batafsil tushuntirishga harakat qilgan.