Dastlabki Makka va musulmonlar mojarolari sifatida Islom dini paygʻambari Muhammad va uning sahobalari ishtirok etgan bir qator ziddiyatli vaziyatlar nazarda tutiladi. Ushbu ziddiyatli voqealarga, asosan, har xil koʻrinishdagi bosqinlar, maʼlumotlarini yigʻish yoki Quraysh mushriklari tomonidan moliyalashtirilgan karvonlarning savdo mollarini tortib olish uchun amalga oshirilgan hujum jarayonlari kiradi.
Tavsifi Muhammadning izdoshlari Makkadagi quvgʻinlardan qochib, u bilan birga Madinaga hijrat qilganlaridan keyin qashshoqlikdan qattiq aziyat chekadilar. Makkaliklar esa musulmonlarning u yerda qolib ketgan boyliklari va mol-mulklarini butunlay tortib oladilarJohn Esposito, Islam, Expanded edition, Oxford University Press, p.4-5.
623-yilning yanvar oyidan boshlab musulmonlarning bir qismi Makkadan Suriyaga Qizil dengizning sharqiy qirgʻoqlari boʻylab sayohat qilgan Makka karvonlariga bostirib borishadi. Bunday vaziyatda, yaʼni choʻl sharoitida omon qolish uchun kishilarning jamoaviy hayot tarziga moslashishi juda muhim edi. Odamlar ogʻir muhit va turmush tarzini yengish uchun ularga koʻrsatiladigan yordamga muhtoj edi. Shunday qilib, qabila guruhini birgalikda harakat qilishga undadi. Bu birlik esa ular oʻrtasida qarindoshlik rishtalariga asoslangan ediWatt (1953), pp. 16-18. Arabiston xalqi koʻchmanchi va oʻtroq xalq boʻlib, koʻchmanchi xalq ixtiyoridagi qoʻylariga suv va yaylov izlab doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilgan boʻlsa, oʻrtoq xalq bir joyda muqim yashab, savdo va dehqonchilik bilan shugʻullanganJohn Esposito, Islam, Expanded edition, Oxford University Press, p.4-5Loyal Rue, Religion Is Not about God: How Spiritual Traditions Nurture Our Biological,2005, p.224.
Al-Is karvoniga bostirib kirish Hindistonlik musulmon yozuvchisi Safi ur-Rahmon Muborakpuriy tomonidan yozilgan Muhammadning zamonaviy islomiy agiografiyasi boʻlgan "Ar-Rahiq al-Makhtum " asariga koʻra, Muhammad tomonidan buyurilgan birinchi karvon yurishi hijratdan yetti-toʻqqiz oydan keyin olib borilgan Hamza ibn Abdulmuttalib boshchiligidagi yurish boʻlgan. Oʻttiz-qirq kishilik bir guruh Makka va Madina oʻrtasidagi al-Is yaqinidagi dengiz qirgʻogʻida toʻplangan, bu paytda esa karvon rahbari Amr ibn Hishom (Abu Jahl) uch yuz nafar makkalik chavandozlar bilan shu yerda qarorgoh qurayotgan ediMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147..
Hamza ibn Abdulmuttalib karvonga hujum qilish maqsadini amalga oshirishga hozirlanayotgan bir paytda Abu Jahlni uchratib qoladi, lekin ikkala tarafga ham doʻstona munosabatda boʻlgan qurayshlik Majdiy ibn Amr al-Juhaniy oraga tushib, ularni tinchlantiradi. Shunday qilib, ikkala tomon ham bir-biriga qarshi qurol koʻtarmasdan yoʻllarida davom etadi. Hamza Madinaga, Abu Jahl esa Makka tomon yoʻl oladi.
Islomning birinchi bayrogʻini Muhammad Kinoz ibn Husayn an Gʻanaviyga ishonib topshirganMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147..
Ikkinchi hujum Ubayda ibn Horis Muhammad tomonidan buyurilgan ikkinchi bosqinning qoʻmondoni edi. Ushbu bosqin hijratdan toʻqqiz oy oʻtib, al-Isda uyushtirilgan birinchi hujumdan esa bir necha haftadan soʻng sodir etilganMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147..
Al-Isdagi birinchi hujumdan taxminan bir oy oʻtgach, Muhammad Ubayda boshchiligidagi 60 nafar muhojirdan iborat guruhga Suriyadan qaytayotgan ikki yuz nafar qurollangan Quraysh karvoniga navbatdagi hujumni amalga oshirishni topshiradi. Ushbu karvonning rahbari Abu Sufyon ibn Harb edi.
Musulmonlar karvonga hujum qilish maqsadida Hijozdagi Tanyatul-Murragacha borishadi. Qurayshliklar va musulmonlar oʻrtasidagi masofa uzoq boʻlganligi bois ular orasida jang boʻlmaydi. Biroq musulmonlardan Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq uzadi. Tarixda ushbu voqea Islomning birinchi oʻqi deb ataladi. Shunga koʻra, bir qancha tarixiy manbalarga koʻra, Islom bayrogʻini birinchi boʻlib koʻtargan shaxs Ubayda ibn Horis deyilsa, yana boshqa islomiy manbalar bayroqni birinchi boʻlib Hamza koʻtargan deya maʼlumot beradiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127..
Xarrar hujumi (uchinchi hujum) Harra hujumi deb ataluvchi uchinchi bosqinga Saʼd ibn Abu Vaqqosning boshchilik qilishi buyurilgan. Uning guruhi yigirmaga yaqin muhojirlardan iborat edi. Ushbu hujum avvalgisidan taxminan bir oy oʻtgach amalga oshirilgan. Saʼd oʻz askarlari bilan Makka yoʻlining Xarrar vodiysida pistirma oʻrnatadi va Suriyadan qaytib kelayotgan Makka karvoniga bostirib kirishni reja qiladi. Ammo karvon allaqachon ular kutilayotgan manzildan oʻtib ketgan edi, shu sababli musulmonlar Madinaga jangsiz qaytishganMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147..
Vaddanga bostirib kirish (toʻrtinchi hujum) Vaddan bosqini deb nomlanuvchi toʻrtinchi hujum Muhammadning shaxsan oʻzi 70 nafar, asosan, muhojirlardan iborat askarlari bilan ishtirok etgan birinchi yurish hisoblanadiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.. Manbalarga koʻra, Muhammad Madinaga hijrat qilganidan oʻn ikki oy oʻtgach, Vaddandagi (al-Abvo) karvonga hujum qilgan. Musulmonlar bosqin chogʻida birorta ham Quraysh vakillariga duch kelishmagan.
Biroq musulmonlar Banu Damra karvoniga bostirib kirgan. Ikki oʻrtada muzokaralar boshlangan va har ikkala tomon rahbarlari bir-birlariga qarshi hujum qilmaslik shartnomasini imzolaganlar. Banu Damra musulmonlarga hujum qilmaslikka, shuningdek, Quraysh tarafiga oʻtmaslikka, Muhammad esa Banu Damra karvonlariga hujum qilmaslikka va ularning mollarini tortib olmaslikka vaʼda berganMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127..
Musulmon olimi Muhammad az-Zurqoniyning fikricha, shartnoma qoidalari quyidagicha boʻlgan:
Buvat karvon yurishi (beshinchi hujum) Buvat bosqini deb nomlanuvchi beshinchi hujum ham Muhammad tomonidan boshqarilgan. Al-Abvo bosqinidan bir oy oʻtgach, Muhammadning shaxsan oʻzi muhojirlar va ansorlardan iborat 200 kishini Quraysh savdogarlari karvon yoʻlidagi Bavot hududiga qurayshlik Umayya ibn Xalaf boshchiligida 100 nafar chavandoz hamrohlik qilgan 1500 tuya podasi tomon olib boradiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 128.
Biroq orada hech qanday jang boʻlmaydi va bosqin natijasida musulmonlar oʻlja olmaydiNote: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available hereMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 126Muḥammad Ibn ʻAbd al-Wahhāb, Mukhtaṣar zād al-maʼād, p. 346.Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 128.
Oltinchi hujum Muhammad Buvotdan qaytganidan ikki-uch oy oʻtib, navbatdagi hujumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Abu Salama ibn Abdulasadni Madinada oʻz oʻrniga tayinlaydi. 150 dan 200 nafargacha boʻlgan musulmonlar jumodilavval yoki jumodissoni oyida al-Ushayra, Yanbu hududiga qilinadigan ushbu yurishga qoʻshiladiHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 978-9957-05-164-8.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available hereMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 128Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 148..
Musulmonlarning faqatgina 30 ta tuyasi bor edi, shu sababli askarlar tuyalarni navbatma-navbat minishardi. Ular Usharayga yetib kelganlarida, Abu Sufyon boshchiligida Suriya tomon ketayotgan boy Makka karvoniga bostirib borishni kutadilar. Muhammad ushbu karvonning Makkadan oʻtishini allaqachon bilgan va karvonning bu yerdan oʻtishini bir oycha kutgan edi. Ammo bu safar ham Makka karvoni allaqachon Ushayradan oʻtib ketgan edi.
Ushbu hujumda Muhammad al-Ushayra atrofida yashovchi Banu Mudlej qabilasi bilan, shuningdek, u oldinroq Banu Damra bilan koʻzlangan yana bir shartnomani tuzadiMubarakpuri, When the Moon Split, p. 148.. Bu sulhlarning barchasi Muhammadning boshqa qabilalar bilan siyosiy aloqalarini yaxshilaydiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 126.
Naxla hujumi (yettinchi hujum) Naxla bosqini yettinchi karvon hujumi boʻlib, aynan shu yurish makkaliklarga qarshi birinchi muvaffaqiyatli bosqin hisoblanadi. Ushbu hujumga Abdulloh ibn Jahsh amir etib tayinlangan.
Bu voqea hijriy 2-yilning rajab (milodiy 624-yil yanvar) oyida boʻlib oʻtadi. Muhammad Abdulloh ibn Jahsh Asadiyni oltita tuya va 12 nafar muhojirlarga bosh qilib Naxlaga joʻnatadiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 126.
Najd karvon yurishi (sakkizinchi bosqin) Najd karvon yurishi Jumad shahrida, hijriy 3-yilda boʻlib oʻtadi. Makkalik mushriklar, asosan, savdo-sotiq bilan shugʻullanar va ularning asosiy daromadi ham aynan shundan edi. Yoz yaqinlashishi bilan esa ular mavsumiy savdo ishlari bilan Suriyaga ketishar edi.
Zayd ibn Horisa yurish qilish uchun kerakli maʼlumotlarni toʻplaganidan soʻng (Muhammadning buyrugʻini olgach) savdo karvonining ortidan boradi. Ularga qilingan hujum muvaffaqiyatli yakunlanadi va 100 000 dirhamlik oʻlja qoʻlga kiritiladi. Safon (karvonboshi) va uning qoʻriqchilari esa qochib ketishadi. Oqibatda, musulmonlar Qurayshning boshqa savdo yoʻlini aniqlash rejasini ham barbod qiladilarHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 978-9957-05-164-8.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available hereMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 153.
Zayd ibn Horisaning al-Isdagi yurishi (toʻqqizinchi hujum) Zayd ibn Horisaning al-Isga yurishi hijriy 6-yilning 5-oyi (milodiy 627-yil sentyabr)da boʻlib oʻtadiHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 978-9957-05-164-8.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here.
Zayd ibn Horisa 170 otliq boshchiligida al-Is degan joyga yoʻl oladi va Muhammadning kuyovi Abul-Os ibn Robi' (Zaynab binti Muhammadning eri) boshchiligidagi Quraysh karvonini toʻxtatadi va ularning tuyalarini oʻlja sifatida oladiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 205.
Abul Os Muhammadning qizi Zaynab binti Muhammadning talabi bilan ozod qilinadiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 205. Hujum natijasida butun karvon, jumladan, katta kumush zaxirasi qoʻlga olinadi va uni qoʻriqlaganlarning bir qismi ham asirga olinadiMuir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 6..
Abu Ubayda ibn al-Jarrohning yurishi (oʻninchi hujum) Abu Ubayda ibn al-JarrohAbu Khalil, Atlas of the Prophetʼs biography: places, nations, landmarks, p. 218. „Baliqlar yurishi“Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 104. va „Al-Xabtga bostirib kirish“Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 206 nomi bilan mashhur boʻlgan yurishni 629-yilning oktyabrida amalga oshiradi. Ushbu yurish hijriy 8-yilning 7-oyida, yana boshqa manbalarga koʻra hijriy 7-yilning 4-oyida amalga oshirilganHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 978-9957-05-164-8.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here.
Muhammad Abu Ubayda ibn Jarrohni 300 nafar kishi bilan Juhayna qabilasiga hujum qilish uchun Madinadan besh kecha-kunduz yurish uzoqligidagi masofada joylashgan dengiz sohilidagi al-Xabat hududiga yuboradi. Ular Quraysh karvoniga qarshi hujumni amalga oshirishlari kerak edi, biroq Qurayshlar ularga qilinadigan bosqindan xabar topib, qochib ketishadi va shu sababli oʻrtada jang boʻlmaydiMubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 206.