Ibrat farzandlari – nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, dastlab xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan loyiha sifatida ish boshlagan. 2024-yil 5-mart kuni Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga loyiha doirasida til oʻrganayotganlar sonini 2024-yil yakunigacha 1 millionga yetkazilishi boʻyicha axborot berilgan.
Manbalar
Turkum:Loyihalar Turkum:Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari