Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti — iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi 216-son qaroriga asosan, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 2 ta fakultet (agrobiologiya, iqtisodiyot va boshqaruv), 5 ta tadqiqot markazlari, 8 ta kafedralar, 3 ta laboratoriya, ochiq va yopiq sport majmualari, tadqiqotlar olib borish uchun 50 gektar „Axborot maslaxat markazi“ faoliyat yuritmoqda. Taʼlimning bakalavriatura (kunduzgi va sirtqi), magistratura hamda doktorantura shakllarida kadrlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Institutda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Finlandiya, Latviya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning turli universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Fakultetlar Hozirgi kunda institutda bakalavriatning 10 ta yoʻnalishi boʻyicha 2 ta fakultetda oʻqitish ishlari amalga oshirilmoqda:

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Agrobiologiya fakulteti

Bakalavr taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi:

60Z10100 — Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida);

60410100 _ Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo, jaligida);

60410300 — Biznesni boshqarish (qishloq xoʻjaligida);

60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar);

60810100 — Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish;

60810700 — Agrokimyo va agrotuproqshunoslik;

60810900 — Agronomiua (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻ yicha);

60811000 — Oʻsimlilar karantini va himoyasi;

60811200 — Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha);

60811300 — Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha);

60811500 — Zooinjeneriya (turlari boʻyicha);

b0811800 — Meva — sabzavotchilik va uzumchilik;

60812100 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi;

60820100 — Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish;

61010400 — Turizm (agroturizm).

Magistratura mutaxassisligi:

70310102 — Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida);

70Z10109 — Bioiqtisodiyot;

703 l020l — Ekonometrika;

70410101 — Buxgalteriya hisobi (qishloq xoʻjaligida);

70810101 — Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha);

70810702 — Agrokimyo;

70810902 — Oʻsimlikshunoslik (gulchilik);

70810903 — Organik dehqonchilik va oziq -ovqat xavfsizligi;

70811001 — Oʻsimliklar karantini va himoyasi (usullari boʻyicha);

70811201 — Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha);

70811301 -Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha);

7081180Z — Uzumchilik va vinochilik;

70811805 — Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik;

70812101 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.

DOKTORANTURA IXTISOSLIKLARI:

05.07.01 — Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalarini mexanizatsiyalash;

06.01.05 — Seleksiya va urugʻchilik;

06.01.06 — Sabzavotchilik;

0b.01.08 — Oʻsimlikshunoslik;

06.01.09 — Oʻsimliklarni himoya qilish;

06.0l.11- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash;

06.03.0Z -Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi;

08.00.04 — Qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti;

13.00.02 — Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (taʼlim falsafasi).

Kafedralar Iqtisodiyot va biznes kafedrasi Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi kafedrasi Agroinjeneriya kafedrasi Agrobiotexnologiya kafedrasi Agrokimyo, tuproqshunoslik va oʻsimliklar himoyasi kafedrasi Oʻsimlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi Fundamental va gumanitar fanlar kafedrasi

Xorijiy hamkor Boʻlimning asosiy maqsadi: Institut taʼlim sifati va xalqaro koʻlamda nufuzini oshirishda xorij OTMlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirish.

Boʻlim faoliyati haqida

Boʻlim, professor-oʻqituvchilar va talabalarni xorijda oʻqish, malaka oshirish, stajirovka oʻtashi, ilmiy seminarlar, xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishini taʼminlash bilan xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish hamda oʻrganilgan bilim va koʻnikmalarni oʻquv jarayoni va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasiga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Boʻlimning vazifalari

-xorij safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish;

-institutda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarga koʻmak berish, ularni monitoringini olib borish va har chorakda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot kiritish;

-institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari uchun seminar va davra suhbatlarini tashkil qilish;

-institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini koʻrib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat boʻlganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;

-oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan elchixonalar va xalqaro taʼlim tashkilotlari va jamgʻarmalari bilan hamkorlikda taʼlim sohasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish;

-xorijiy fuqarolarni oʻqitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi soʻrovlariga binoan tayyorlab borish;

-xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka oʻtash, malaka oshirish, oʻquv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun eʼlon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-oʻqituvchilari, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar, magistrant va talabalarni tavsiya etish;

-eʼlon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga koʻmaklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish;

-xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida maʼlumotlarni toʻplash va fakultetlarga yetkazish.

Xorijiy hamkorlar

−2020-yil 20-oktabrdan 2025-ylgacha Internship International MChJ Germaniya qishloq xoʻjaligi amaliyot dasturi boʻyicha shartnoma

−2021-yil 21-maydan 2026-yilgacha Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(Oʻzbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot boʻyicha yangi oʻquv dasturi) shartnoma

−2021-yil 21-maydan 2026-yilgacha Latviyaning Vitautas Magnus universiteti bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(Oʻzbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot boʻyicha yangi oʻquv dasturi) shartnoma

−2021-yil 14-apreldan 2026-yilgacha Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti va TDAUSF oʻrtasida talabalar almashinuvi dasturi asosida hamkorlik −2021-yil 1-dekabrdan 2026-yilgacha Rosssiya Federatsiyasining Janubiy Ural Davlat Agrar Universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha shartnoma.

−2021-yil 21-maydan 5-yilga Latviya bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(Oʻzbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot boʻyicha yangi oʻquv dasturi)

−2021-yil 29-sentabrdan 2031-yilgacha Rossiya Fanlar Akademiyasi Oʻsimliklar fiziologiyasi instituti bilan Oʻquv va ilmiy soxada oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha shartnoma

−2021-yil 16-iyundan 2026-yilgacha Rossiya Federatsiyasining FDB OTM N. V. Paraxina nomidagi Orlovskiy davlat agrar universiteti bilan shartnoma

2021-yil 15-apreldan 2026-yilgacha Germaniyaning Praktikum 4 people bilan amaliyot dasturi boʻyicha shartoma

2021-yil 1-apreldan 2026-yilgacha JD East Germaniya federativ Respublikasi talabalar amaliyot dasturi bilan hamkorlik

−2022-yil 1-apreldan 2027-yilgacha Warsaw University of Life Sciences — SGGW, Poland oʻquv va ilmiy soxada oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha shartnoma

−2022-yildan 2023-yilgacha Ruminiyaning University of Agricultural Sciences and Veterinary Medicine of Cluj-Napoca Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

−2022-yildan 2023-yilgacha Polsha University of Porto Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

−2022-yildan Bolgariya D. A. Academy of Economics — Svishtov Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

— 2022-yil 2-martdan 2027-yilgacha Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan Oʻquv va ilmiy sohada oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha shartnoma hamkorlik qilish boʻyicha anglashuv memorandum

−2022-yil 20-fevraldan 2025-yilgacha Xitoyning Annexsure financial solutions limited Hong Kong bilan Oʻquv va ilmiy sohada oʻzaro hamkorlik

−2023-yil 24-fevraldan 2028-yilgacha Xitoyning Xinjiang Agricultural University (XJAU) oʼquv va ilmiy sohada oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha shartnoma

−2023-yil 4-yanvardan 2028-yilgacha Germaniyaning iamo bilan Tadqiqot va kichik ilmiy xodimlarni malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik

−2023-yil 22-fevraldan 2028-yilgacha Germaniyaning LOGO e. V . dasturi bilan Qishloq xoʻjaligida talabalarni amaliytoga yuborish boʻyicha shartnoma

−2023-yil 24-fevraldan 2028-yilgacha Qozogʻistonning ATYRAU universiteti bilan Oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yil 14-apreldan 2028-yilgacha Irlandiyaning IICRR bilan Oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yil 30-yanvardan 2028-yilgacha Vengriyaning HUNGARIAN UBIVERSITY OF AGRICULTURE AND LIFE SCIENCES oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning ISPARTA universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning SIIRT universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning Chorux universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2023-yilning 10-oktabrdan 2029-yilgacha Germaniyaning NURBERGER dasturi bilan kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

−2023-yil 20-noyabrdan 2028-yilgacha Buyuk Britaniyaning HOPS kompaniyasi bilan Kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

−2023-yil 24-oktabrdan 2028-yilgacha Germaniyaning STAFF & DA dasturi bilan kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

−2024-yil 7-martdan 2029-yilgacha Ukrainaning Krakov Universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2024-yildan 2029-yilgacha Qozogʻiston ABYLKAS SAGINOV Karaganda technical university oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

−2024-yil 31-yanvardan 2029-yilgacha Janubiy Koreyaning Andong milliy universiteti bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma