„Koʻk jiguli“ — qoʻshiqchi Ozoda Nursaidova tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq klipi 2024-yil mart oyi hisobiga koʻra, YouTubeda eng koʻp koʻrilayotgan musiqiy videolar orasida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tarixi 2024-yil 21-fevral kuni xonanda Ozoda Nursaidovaga tegishli YouTubedagi „Ozoda“ kanaliga yuklangan klip, 2 hafta davomida 47,5 milliondan ortiq tomosha qilingan. Shuningdek, qoʻshiq Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Rossiya trendida, Luxembourg chartida esa 1-oʻringa chiqqan.

Klip 2024-yil 21-iyul holatiga koʻra, 253 milliondan ortiq tomosha qilinib, unga 122 mingdan ortiq izoh yozilgan. Shu bilan birga, qoʻshiq YouTube olamida tinglanishi boʻyicha qisqa muddatga 1 oʻrinni egallab turgan musiqiy klipga ham aylandi.

Tanqidlar Oʻzbek internet segmenti ikkiga boʻlinib, baʼzi foydalanuvchilar qoʻshiq erishgan yutuq eʼtirof etilishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Keng muhokamalar ortidan Ozoda Nursaidova oʻz intervyusi orqali quyidagi fikrlarni aytib oʻtdi:

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:Ozoda Nursaidova qoʻshiqlari