Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti () milodiy 628-yil fevralda sodir boʻlgan.

Suiqasd muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Ibn Rizom va uning 29 nafar izdoshi oʻldirilgan.

Al-Yusayr ibn Rizomning oʻldirilishi Al-Yusayr ibn Rizom Haybar yahudiylarining yangi boshligʻi etib saylanadi. U ham Abu Rofiy kabi Banu Gʻatafoniy qabilasi bilan munosabatlarni saqlab qoladi. Al-Yusayr ibn Rizomning qarshi yangi hujumni rejalashtirayotganidan xabar topgach, Muhammad Banu Xazraj qabilasi boshligʻi Abdulloh ibn Ravohani oʻziga oʻrinbosar qilib tayinlaydi va uni yana 3 nafar vakillari bilan al-Yusayrning qanday qilib oʻldirish mumkinligi haqida maʼlumot toʻplash maqsadida Haybarga yuboradiMuir, Sir William (1861). .

Ammo Abdulloh ibn Ravoha yahudiylarning ushbu ikkinchi suiqasdiga qarshi nihoyatda hushyor boʻlish kerakligini ogohlantiradi. Madinaga qaytgach, yangi hujum usuli ishlab chiqiladi, Muhammad Ravohani 30 kishi bilan birgalikda tuyalarga mindirib, al-Yusayrni Madina ziyoratiga koʻndirish uchun yuboradi. Ravoha belgilangan manzilga yetib kelgach, Yusayrni Haybar hukmdori etib tayinlashlarini va u bilan yaxshi muomala qilishlarini, shuningdek, uning xavfsizligini kafolatlashlarini vaʼda qiladi.

Yusayr Abdulloh ibn Unays al-Juhaniyning otiga oʻtiradi, musulmonlar uning orqasidan yoʻlga tushadilar. Ular Haybardan 6 chaqirimcha narida joylashgan Qarqarotga yetib kelganlarida, al-Yusayr musulmonlarning rejalaridan shubhalanib, Muhammad bilan uchrashish fikridan qaytadi. Abdulloh ibn Unays bilan birga otdan tushadi. Shu payt Abdulloh ibn Unays al-Yusayrning qilichini tortayotganini sezib qoladi va uning oldiga yugurib borib, son boʻgʻimiga qattiq zarba beradi. Al-Yusayr yarador boʻlib yerga yiqiladi, lekin u ham Abdulloh ibn Unaysni urib, qoʻlidagi yagona quroli bilan uni yarador qiladi.

Shundan keyin barcha musulmonlar oʻz tuyalarida yahudiylarga hujum qilib, ularning barchasini oʻldirishadi, faqatgina bir nafar yahudiy ulardan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.

Yana qarang

Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:628 Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari