Irina Petrivna Fedishin (, Lvovda tugʻilgan) – ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis.

Biografiyasi Irina Fedishin 1987-yil 1-fevralda Lvov shahrida (Ukraina SSR) musiqachi oilasida tugʻilgan. Yoshligidan musiqiy, vokal va sahnadagi qobiliyatlarini namoyon eta boshlagan.

Olti yoshida boʻlajak qoʻshiqchi oʻzini boshlovchi sifatida sinab koʻrgan. Otasi, musiqachi boʻlsa ham, musiqani hech qachon jiddiy kasb deb hisoblamagan va qizining shaxmat bilan shugʻullanishini orzu qilgan. Boʻlajak xonandaning birinchi chalgan musiqa asbobi sintezator boʻlib, tezda improvizatsiya qilishni oʻrganib olgan Irina oʻzining birinchi qoʻshiqlarini yozishni boshlagan.

Oʻn uch yoshida qiz musiqiy taʼlim olishga qaror qilgan va musiqa maktabiga oʻqishga kirgan. Uyida olgan taʼlimi tufayli darhol musiqa maktabining toʻrtinchi sinfiga qabul qilingan va uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bu yerda konsert dasturlarini ham olib borgan. Ivan Franko nomidagi Lvov Milliy universitetida iqtisod fakultetida tahsil olgan va shu bilan birga xususiy musiqa hamda vokal saboqlarini olgan.

U yoshlar musiqa tanlov va festivallarida qatnashib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Baʼzi qoʻshiqlari Ukraina radiostansiyalarida repertuariga kiritilgan. 2005-yilda Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Ukrainadagi milliy tanlovining yarim finalida hamda 2006 va 2009-yilda „Schlager of the Year“ kontsert dasturida chiqish qilgan. 2015-yilda Irina Fedishin „Ukrainska format“ ukrain tilidagi qoʻshiqlar tanlovida „Sertsya stuk“ qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqqan.

2016-yilda Ukrainada konsertlar bergan, bir necha oʻnlab shaharlarga tashrif buyurgan. 2016-yil 4-noyabr kuni Kiyevda, Oktyabr saroyida uning „Tsvite Kalina“ yakkaxon konserti boʻlib oʻtan.

2018-yilda „Golos Kraini“ telekoʻrsatuvining sakkizinchi mavsumida ishtirok etgan.

2020-yilda Irina Fedishin va uning turmush oʻrtogʻi koronavirus bilan kasallangan, bu hodisa uning tuzalganidan keyin maʼlum boʻlgan. 2020-yil sentabr oyida Kiyev va Ukraina radiostansiyalarida eng mashhur xitlar oʻnligiga kirgan „Tam de ti“ qoʻshigʻini taqdim etgan va unga ishlangan klip YouTubeda milliondan ortiq koʻrilgan. Oʻsha yilning oxirida qoʻshiqchi Rojdestvo mavzusidagi bir nechta qoʻshiqlarni chiqargan.

2021-yil yanvar oyidan boshlab qoʻshiqchi „Ukraina“ telekanalidagi „Ukrainska pevitsa v maske“ loyihasining toʻrtinchi epizodida ishtirok etgan. 2-mart kuni Fedishin muallifning „Obiymi“ qoʻshigʻini taqdim etgan.

Shaxsiy hayoti Fedishin Lvovda yashaydi. Prodyuser Vitaliy Chovnik bilan turmush qurgan. Ularning ikkita: Yura va Oleg ismli oʻgʻillari bor

Diskografiyasi

Studiya albomlari

Tviy angel (2007) Ukraina kolyaduye (2007) Parol (2012) Ukraina kolyaduye. Noyabr (2013) Tsvite kalina (2015) Ti tilki miy (2018)

Mukofotlari MukofotYilKategoriyaNomzodNatijaManbaUkrainskyi format2015Konkurs laureatiIrina Fedishin 2017Yil yutugʻiIrina Fedishin („Chuji usta“) 2021Ukraina qoʻshiqlari gʻururiIrina Fedishin 2018Yil ayol qoʻshiqchisiIrina Fedishin Yil xiti„Ti tilki miy“ Mashhur hit 2019„Roman“ 2020Dance hit„Prosto tantsuy“ 2019Yil qoʻshigʻi„Bili troyandi“ 2020„Tam de ti“ 2020Eng mashhur xit„Xochu na Maldivi“

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar