Ifor yoxud bir mahkum qissasi () – 2006-yilda rejissyor Tom Tykwer tomonidan suratga olingan dramatik film. Patrick Süskindning shu nomdagi romani asosida suratga olingan.

Syujeti 1738-yili Parijda gʻayrioddiy chaqaloq – Jean-Baptiste Grenouille Parij kanalizatsiyasida, baliq bozori peshtaxtasi ostida dunyoga keladi. Bir uyum baliq ichaklari orasiga tashlab ketilgan chaqaloq hayotidagi hech narsa bilan taqqoslab boʻlmaydigan birinchi zarbani boshdan kechiradi. Bolalar uyidan uni koʻnchi Grimal asrab oladi. Grenouille koʻp yillar davomida unga xizmat qiladi. Kunlardan bir kun Grenouille uydan qochib ketadi va italiyalik parfyumer Baldiniy (Dustin Hoffman) doʻkoniga kirib qoladi. Uning doʻkoni katta tanazzulga yuz tutgandi. Grenouille parfyumerlik sanʼatini oʻrganish istagini bildirganda Baldiniy avvaliga uni rad etadi. Keyinchalik Grenouille sinov tariqasida „Cupid and Psyche“ parfyumeriya formulasini aralashtirib koʻrishni taklif qiladi. Gʻazablangan Baldiniy Grenouilleni haydab yuboradi, lekin aralashmani sinab koʻrgach, bolakay daho ekanligini tushunadi. Grenouillening xushboʻy hidlar yaratish qobiliyatidan hayratda qolgan Baldiniy uni koʻnchilik zavodidan 50 frankga sotib olib, oʻziga shogird qilib oladi.

Rollarda Ben Whishaw Jean-Baptiste Grenouille rolida Alan Rickman Antoine Richis rolida Rachel Hurd-Wood Laure Richis rolida Dustin Hoffman Giuseppe Baldini rolida Sian Thomas Madam Gaillard rolida Corinna Harfouch Madam Arnulfi rolida Sam Douglas Grimal rolida Birgit Minichmayr Grenouillening onasi Karoline Herfurth olxoʻri sotuvchi malla soch qiz rolida Dora Romano Baldiniyning xotini rolida Carlos Gramaje Politsiya leytenanti rolida David Calder as Grass episkopi rolida Jessica Schwarz Natalie rolida Joanna Griffiths Marianne rolida Sara Forestier Jeanne rolida Timothy Davies Chenier rolida Paul Berrondo Druot rolida John Hurt hikoyanavis sifatida (inglizcha) Otto Sander hikoyanavis sifatida (nemischa) Jacques Perrin hikoyanavis sifatida (fransuzcha)

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

ComingSoon veb-sayti uchun rejissyor Tom Tykver bilan suhbat. Net Arxiv nusxasi Ben Vishoning ComingSoon veb-sayti uchun intervyusi. Net Arxiv nusxasi

Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:Ispaniya dramatik filmlari Turkum:Nemis adabiyoti Turkum:Parij haqida filmlar Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar