thumb| Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Qum seminariyasida, 2016-yil 15-mart thumb| Qum seminariyasi Qum seminariyasi () Erondagi eng yirik islom diniy seminariyasi (havza) boʻlib, 1922-yilda Qumda Buyuk Oyatulloh Abdukarim Xairiy Yazdiy tomonidan tashkil etilgan. Usuliy olimlarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Tarixi Qumda milodiy 10-asrdayoq yirik shia akademiyalari mavjud boʻlgan boʻlsa-da, shia islomi Eronning rasmiy diniga aylangan Safaviylar davrida shaharning koʻrinishi koʻzga tashlanadi. Oʻsha davrning mashhur ustozlari orasida Mulla Sadra va Shayx Bahoiy bor edi. Zamonaviy Qum koʻrinishi Abdukarim Xariy Yazdiy va Buyuk Oyatulloh Borujerdi tomonidan qayta tiklangan. Eron seminariyalarida uch yuz mingga yaqin ulamolar faoliyat yuritadiA History of Tension between Iranʼs Clerics and the State, Mehdi Khalaji July 26th 2010 Washington Institute. Buyuk Oyatulloh Husayn Vohid Xurosoniy Qum seminariyasiga rahbarlik qiladi.
Huquq maktabi Eronda shariat qonuniy kuchga ega boʻlgani uchun Qum seminariyasi Eronda huquq maktabi sifatida ham faoliyat olib boradi. Eron Islom Respublikasining sobiq bosh sudyasi va amaldagi prezidenti Ibrohim Raisi Qum seminariyasi bitiruvchilaridan biridir.
Eron Islom Respublikasidagi barcha sudyalar islom huquqi boʻyicha taʼlim olgan boʻlishi kerak; koʻpchilik qozilar „hukmron ulamolar guruhi aʼzolari“dir.
Yana qarang
Fotima Maʼsume ziyoratgohi Qum seminariyasi oʻqituvchilari jamiyati Havza Najaf Marjaʿ Maraji roʻyxati Isfaxon seminariyasi Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt Qum shahrida Havza va Xalqaro arena koʻrgazmasi boshlandi
Turkum:Islom taʼlimi Turkum:Islom atamalari Turkum:Qum seminariyasi Turkum:Erondagi huquq maktablar Turkum:Islomiy maktablar Turkum:Havza Turkum:Eonda islom Turkum:Islom seminariyalari va ilohiyot kollejlari