Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi () – Stiven Kovining shaxsiy rivojlanish janridagi kitobi.

Kitob ilk bor 1989-yilda nashr etilgan. 15-yildan soʻng 2004-yilga kelib, kitob 38 dan ortiq xorijiy tillarga oʻgirilgan va jahon bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. „Time“ jurnali 2011-yil avgustda ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25 talik ro‘yxatiga kiritgan. Oʻzbek tiliga 2020-yilda Asaxiy Books loyihasi muallifligi asosida tarjima qilingan.

Mazmuni Kitob insonning kamol topishi, shaxs hayotining mazmuni va voqea-hodisalarga beradigan reaksiyasi haqida hikoya qiladi. Kovi ko‘plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni oʻqib, ularni tahlil qiladi va ushbu tahlillari asosida fikr yuritadi.

Qabul qilinishi 1994-yil oxirida AQSh prezidenti Bill Klinton Kovini boshqa mualliflar qatori Kemp Devidga kitob gʻoyalarini oʻz prezidentligiga qanday kiritish boʻyicha maslahat berish uchun taklif qildi. 2011-yil avgust oyida Time jurnali 7 ta koʻnikmani „Biznesni boshqarish boʻyicha eng taʼsirli 25 ta kitob“ roʻyxatiga kiritdi. 2012-yilda Kovi vafot etganidan soʻng, kitob 20 million nusxadan koʻproq sotilgan.

Manbalar

Havolalar

Stiven Kovining rasmiy sahifasi

Turkum:Vaqtni boshqarish Turkum:Shaxsiy rivojlanish