Ruziboy Normaxmatov - 1949 yil, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tugʻilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis kafedrasi professori.

Mehnat faoliyati

1966-1970 yy. – Samarqand kooperativ instituti talabasi 1970-1973 yy. – Samarqand kooperativ instituti oziq-ovqat tovarshunosligi kafedrasi assistenti 1973-1977 yy. – Moskva kooperativ insituti aspiranti 1977-1993 yy. – Samarqand kooperativ instituti oziq-ovqat tovarshunosligi kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi 1993-1995 yy. – Samarqand kooperativ instituti ilmiy boʻlimi boshligʻi 1995-1996 yy. – Samarqand kooperativ instituti tovarshunoslik-texnologiya fakulteti dekani 1996-2001 yy. – Samarqand kooperativ instituti tovarshunoslik va tovar ekspertizasi kafedrasi katta ilmiy xodimi, dotsenti 2001-2002 yy. – Samarqand kooperativ instituti magistratura boʻlimi boshligʻi 2002-2004 yy. – Samarqand kooperativ instituti marketing kafedrasi mudiri 2004-2013 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi mudiri 2013-2016 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi dotsenti 2016-2019 yy. – Samarkand iqtisodiyot va servis instituti xizmatlar koʻrsatish, servis va uni tashkil etish kafedrasi dotsenti 2019-2020 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi 2020 y. hozirga qadar – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasi professori

Ilmiy faoliyati Ruziboy Normaxmatov jami hajmi 490 bosma taboq shundan 280 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy, oʻquv, oʻquv-uslubiy, amaliy ishlarni nashr qildirgan, shulardan 2 tasi monografiya, 7 tasi darslik (3 tasi hammualliflikda), 6 tasi oʻquv qoʻllanma (1 tasi hammualliflikda), 2 ta ixtiroga patent olingan, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin oʻquv-uslubiy ishlar chop etgan. Ruziboy Normaxmatov hamdoʻstlik davlatlari oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan xalqaro maqomiga ega boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib 1 darajali gʻoliblik diplomini qoʻlga kiritgan. Bugungi kunda uning rahbarligida 3 nafar mustaqil tadqiqotchilar, 1 nafar doktorant „Qishloq xoʻjalik va oziq- ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari“ mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda. R.Normaxmatov 15 dan ortiq magistrantlarga rahbarlik qilgan. U turli oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan xalqaro va respublika maqomiga ega boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib, marketing va oziq-ovqat tovarlarining sifati va xavfsizligi muammolari boʻyicha maʼruzalar qilgan, institutda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini chop etishda mas’ul muharrir sifatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Manbalar

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Turkum:Samarqand universitetlari professor-o‘qituvchilari Turkum:Samarqand iqtisodiyot va servis instituti