Sude Yaren Uzunçavdar (2005-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – turk taekvondochisi.
Faoliyati Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida Jahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan tashkil etilgan 2022-yili oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Sude Yaren Uzunçavdar finalda janubiy koreyalik Sugee Jungni magʻlub etib, jahon chempioni boʻlgan. Shuningdek, chempionatning eng yaxshi ayol sportchisi sifatida taqdirlangan.Konyadagi Selcuk universiteti 19 May sport zalida oʻtkazilgan 5-Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vaznda finalda Livanlik Selman Vardni magʻlub etib oltin medalni qoʻlga kiritgan.
U Polshaning Krakov shahridagi „Krynica-Zdroj Arena“ stadionida boʻlib oʻtgan III Yevropa oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda vengriyalik raqibi Rebeka Furedini 16-raundda 2:0, fransuz Althea Laurini chorak finalda 2:0 hisobida va xorvatiyalik Nika Klepak esa yarim finalda 2:0 magʻlubiyatga uchratgan. Sportchi finalda serbiyalik raqibi Nadica Bozanichni ham 2:0 hisobida magʻlub etgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik ayol taekvondochilar