Ghosted – 2023-yilda Dekster Fletcher rejissyorligida, Rhett Reese, Paul Wernick, Chris McKenna, Erik Sommerslar tomonidan yozilgan hikoya asosida suratga olingan AQSh romantik sarguzash komediya filmi. Filmda bosh rollarni Chris Evans va Ana de Armas ijro etgan.
Apple Studios va Skydance media tomonidan suratga olingan ushbu film Apple TV+ tomonidan 2023-yil 21-aprel kuni ommaga taqdim qilingan. Ghosted tanqidchilar tomonidan salbiy fikrlar olishiga qaramay, Apple TV + ning eng koʻp koʻrilgan filmlaridan biri boʻlgan.
Rollarda
Suratga olish jarayolari 2021-yil avgust oyida Chris Evans va Scarlett Johansson „Ghosted“ filmida suratga tushish boʻyicha muzokaralarga kirishgan. 2021-yilning dekabrida Johansson film rejalashtirish jarayonidagi ziddiyatlar tufayli filmni tark etishga majbur boʻlgan, bu esa uning oʻrniga Ana de Armas kelishiga sabab boʻlgan. 2022-yil fevral oyida Adrien Brody aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan. Mike Moh, Amy Sedaris, Tim Blake Nelson va Tate Donovanlar esa mart oyida tarkibga qabul qilingan.
Namoyish etilishi Film ilk marotaba 2023-yil 21-aprel kuni Apple TV+ orqali namoyish etilgan. Samba TV tadqiqot guruhining maʼlumotlariga koʻra, Ghosted filmi birinchi ikki kun ichida 328 500 tomoshabinni jalb qilgan va bu tarixda eng koʻp koʻrilgan film sifatida tan olingan. Shuningdek film, Apple TV + tarixidagi eng koʻp koʻrilgan film debyutori hisoblanadi.
Qabul qilinishi Rotten Tomatoes veb-saytida 118 tanqidchi fikri 25 foizi ijobiy, oʻrtacha reytingi 4,2/10 ga teng va bu film salbiy baholandi degani.
Mukofotlari mukofot / Film festivaliMarosim sanasiKategoriyaQabul qiluvchi (lar)Oltin Malina mukofotlari2024-yil 9-martEng yomon aktyorChris EvansEng yomon aktrisaAna de ArmasEng yomon ekran juftligiAna de Armas va Chris Evans
Manbalar
Havolalar
Ghosted Apple TV+ da
Turkum:Apple TV+ original filmlari Turkum:2020-yilgi Amerika filmlari Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Romantik filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar