Armaniston Milliy yoshlar Kengashi (NYCA) () Armanistondagi oʻnlab talabalar va yoshlar tuzilmalarini birlashtirgan eng yirik yoshlar tashkilotlaridan biri. 1997-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Yerevanda joylashgan.

Tarixi Armaniston Milliy yoshlar Kengashi 1997-yil 12-dekabrda Armaniston boʻylab 70 nafar talaba va yoshlar tuzilmalari uchun qalqon tashkilot sifatida tashkil etilgan. NYCAning maqsadi Armaniston boʻylab yoshlar huquqlarini himoya qilish va ular tarafida boʻlshdir. Tashkilot butun mamlakat boʻylab konferensiyalar, tadbirlar, bahslar, taqdimotlar va seminarlar oʻtkazishni rejalashtiradi.

NYCA 2002-yilda Yevropa yoshlar forumining toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan va tashkilotning barcha dasturlari hamda assambleyalarida qatnashadi. NYCA Armanistondagi AEGEE Yerevan kabi boshqa yoshlar tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 2015-yilda NYCA aʼzolari Yevropa Ittifoqining Armanistondagi delegatsiyasining moliyaviy koʻmagida AEGEE Yerevan tomonidan tashkil etilgan „Armenia Model EU 2015“ konferentsiyasida ishtirok etganlar.

Faoliyati 2013-yilda NYCA Armaniston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va Armanistonning Yevropa integratsiyasi jarayonida arman yoshlarining roliga bagʻishlangan konferentsiya oʻtkazgan.

2015-yil oktabr oyida MDHga aʼzo davlatlarning yoshlar tashkilotlari yetakchilari Moskvada toʻplanib, hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishgan.

2015-yil noyabr oyida NYCA delegatlari Ukrainaning Kiyev shahrida boʻlib oʻtgan Sharqiy hamkorlik yoshlar mintaqaviy ittifoqida (EPYRU) ishtirok etishgan.

2016-yil aprel oyida NYCA aʼzolari Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa yoshlar forumi Kengashi yigʻilishida ishtirok etishgan. Uchrashuv doirasida NYCA vakillari nutq soʻzlab, Artsaxning oʻz taqdirini oʻzi belgilashini qoʻllab-quvvatlashga chaqirishgan.

2016-yil 12-sentabr kuni NYCA Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtgan Sharqiy hamkorlikning Qora dengiz mintaqaviy hamkorligi konferensiyasida ishtirok etgan. Ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va Qora dengiz mintaqasi yoshlari duch kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini muhokama qilganlar. Tadbirda Sharqiy hamkorlik davlatlarini Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtirish imkoniyatlari ham muhokama qilingan.

Manbalar

Havolalar

Armaniston yoshlar milliy kengashi

Turkum:Armaniston