Gökmedrese yoki Gök medrasasi (soʻzma-soʻz: „Samoviy madrasa“ yoki „Koʻk madrasa“; ), Sohibiye Medresesi nomi bilan ham tanilgan, Turkiyaning Sivas shahrida joylashgan, 13-asrga oid madrasa, islomiy taʼlim muassasasi.
Tarixi Madrasa 1277-yili Pervane vafotidan keyin Rum Saljuqiylar saltanatining amaldagi hukmdori, vazir Sohib ota Fahrettin Ali tomonidan barpo etilgan. 1271-yilgacha Fahrettin Ali amir Pervane bilan yaxshi munosabatda boʻlgan. Onadoʻlida koʻplab binolar faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Gökmedrese ular orasidagi eng hayratlanarlilaridan biridir. Madrasaning asl nomi Sohibiyya boʻlib, Sohip Ota nomiga ishora qiladi. Ammo binoda ishlatiladigan koʻk rangli koshinlar tufayli u Gökmedrese deb nomlangan.
Madrasa „Kaloyan“ (Vizantiya yunoncha:, „Kalo Yianni“, tom maʼnoda „yaxshi Jon“) nomi bilan tanilgan Konyalik meʼmor tomonidan qurilgan„Arcnet“. Archived from the original on 2012-11-30. Retrieved 2013-06-19.. Dastlab inshoot ikki qavatli bino edi. Shuningdek, hammom (turk hammomi) va 30 kishilik oshxona ham boʻlgan. Ammo hozirda pastki qavatning faqat 13 ta xonasi saqlanib qolingan. Bino 1823-yilda qayta tiklangan va 1926-yilgacha foydalanilgan .
Texnik tafsilotlar Kirish qismidagi peshtoqning har ikki tomonida balandlikdagi minoralar joylashtirilgan. Binoning kengligi ni tashkil etadi. Hovli oʻlchamlari . Ikki boʻlim mavjud boʻlib, biri masjidga (namozxonaga), ikkinchisi sinf xonalariga olib boradi.
Vaqf Oʻrta asrdagi islom mamlakatlarida Vaqf daromad manbai boʻlib, vaqflarni ekspluatatsiya qilish va saqlash, shuningdek, undan xodimlarning maoshini chiqarib berish uchun foydalanilgan. Gökmedreseda 85 ta bozor, 9 ta qishloq, 2 ta ferma va boshqa manbalar vaqfiye sifatida vaqf qilingan.
Galereya
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:13-asr madrasalari Turkum:Turkiyadagi madrasalar Turkum:Saljuqiylar arxitekturasi