AeroVironment RQ-11 Raven – kichik qoʻlda uchiriladigan, masofadan boshqariluvchi uchuvchisiz uchish apparati (yoki SUAV). Qoʻshma Shtatlar harbiylari uchun ishlab chiqilgan, ammo ushbu apparatni hozirda koʻplab boshqa mamlakatlar harbiy kuchlariga qabul qilgan.

RQ-11 Raven dastlab 1999-yilda FQM-151 sifatida taqdim etilgan, ammo 2002-yilda umumiy koʻrinishi boʻyicha kengaytirilgan FAI toifasidagi F1C free flight modelidagi samolyotga, yaʼni hozirgi koʻrinishiga aylandi. Samolyot qoʻlda ishga tushiriladi. RQ-11 Raven10 km masofagacha ucha oladi. U taxminan er sathidan 150 m balandlikda va oʻrtacha dengiz sathidan 4500 m dan yuqorida parvoz qilishga qodir. Uchish tezligi 45–100 km/soat.

Dizayni va ishlab chiqish Raven RQ-11B UAS AeroVironment tomonidan hozirgi kungacha ishlab chiqariladi. Samolyot 2005-yilda AQSh armiyasining SUAV dasturining gʻolibi boʻlgan va 2006-yilda toʻliq ishlab chiqarishga (FRP) oʻtgan. Koʻp oʻtmay, u AQSh dengiz piyodalari va AQSh havo kuchlari tomonidan davom etayotgan FPASS dasturi uchun qabul qilingan. Shuningdek samolyot boshqa koʻplab mamlakatlarning harbiy kuchlariga ham qabul qilingan (pastga qarang). Bugungi kunga qadar butun dunyo boʻylab mijozlarga 19 000 dan ortiq Raven samolyotlari yetkazib berilgan.

Raven yerosti stansiyasidan masofadan boshqarilishi yoki GPS yoʻnalish nuqtasi navigatsiyasi yordamida butunlay avtonom missiyalarni amalga oshirishi mumkin. Unga bitta tugmani bosish orqali darhol orqaga qaytishga buyruq berish mumkin. Standart missiya yuklamalari CCD rangli video kameralar va infraqizil tungi koʻrish kamerasini oʻz ichiga oladi[ iqtibos kerak ]thumb| Askar Iroqda Ravenni uchirishga tayyorlanmoqdaRQ-11B Raven taxminan 1,9 kg ogʻirlikka ega, 60-90 daqiqa parvozga chidamliligi va samarali ishlash radiusi taxminan 10 km ga teng.2015-yil oʻrtalarida AQSh dengiz piyodalari korpusi Harris korporatsiyasining kichik xavfsiz maʼlumotlar havolasini (SSDL) sinovdan oʻtkazdi, u dengiz piyodalari uchun radio aloqani taʼminlab beradigan kichik qurilma hisoblanadi.

2015-yil avgust oyida Raven sensorlarini yangilashni boshladilar. Raven Gimbal – bu 360 daraja aylanish burchagiga ega aylanadigan kamera boʻlib, u qoʻzgʻalmas kameradan koʻra ancha samarali hisoblanadi, chunki qoʻzgʻalmas kamera orqali atrofni kuzatish uchun qurulmani yoʻnalishini oʻzgartirish yaʼni manyovr qilishga toʻgʻri kelar edi.thumb| Ravenni uchirish jarayoni Turlari

RQ-11A Raven A (endi ishlab chiqarilmaydi) RQ-11B Raven B CU-173 Raven B – Kanada Qurolli Kuchlari uchun versiyasi Solar Raven

Operatorlar Raven Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi, havo kuchlari, dengiz piyodalari korpusi va maxsus operatsiyalar qoʻmondonligi tomonidan qoʻllanadi. Bundan tashqari, xorijiy mijozlarga Avstraliya, Estoniya, Italiya, Daniya, Ispaniya va Chexiya kiradi. 2012-yil boshidan boshlab 19 000 dan ortiq samolyotlar joʻnatilgan. Bugungi kunda Raven eng keng tarqalgan uchuvchisiz uchish apparati hisoblanadi.thumb|400x400px|Harbiy AeroVironment RQ-11 Ravendan foydalanuvchi davlatlar (xaritada koʻk rangda belgilangan).

Iroqdagi Britaniya kuchlari Raven uskunasidan foydalangan. Daniya qirollik armiyasi 2007-yil sentyabr oyida 12 ta Raven tizimini sotib olgan.

2011-yil iyun oyida AQSh shimoliy va sharqiy Afrikadagi aksilterror harakatlar uchun 145,4 million dollarlik yordam taklifini e'lon qilgan, jumladan, Uganda va Burundi kuchlari tomonidan Somalida davom etayotgan Afrika Ittifoqi tinchlikparvar missiyasi doirasida foydalaniladigan to'rtta Raven tizimi. Qo'shma Shtatlar, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlariga noma'lum miqdordagi Raven yetkazib berish niyatida ekanligini e'lon qilganExclusive: U.S.-supplied drones disappoint Ukraine at the front lines - Reuters.com, 22 December 2016.

Joriy operatorlar

Avstraliya qurolli kuchlari

Kanada qurolli kuchlari

Chexiya qurolli kuchlari

Estoniya qurolli kuchlari

Vengriya qurolli kuchlari

Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari

Britaniya qurolli kuchlari

AQSh Qurolli Kuchlari : 1798 ta tizim

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari

Yaman qurolli kuchlari

Texnik xususiyatlari

Qanot kengligi: 1,37 m Uzunlik: 0,91 m Ogʻirligi: 1,9 kg Dvigatel: Aveox 27/26/7-AV elektr motori Kruiz tezligi: taxminan. Diapazon: 10 km Chidamlilik: taxminan 60–90 daqiqa

Manbalar

Turkum:Amerika Qo'shma Shtatlarining uchuvchisiz harbiy samolyotlari Turkum:2000-yillar Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy razvedka samolyoti Turkum:Parasol qanotli samolyot