Kisyakbika Bayryasova (, 1679-yil − 1739-yil 30-aprel) majburan choʻqintirilgan musulmon ayol, keyinchalik Islomga qaytgani tufayli olovda yoqilgan.
Hududdagi siyosiy vaziyat Kisyabika Bayryasova 1679-yilda Rossiyadagi Sibir yoʻlining Duvanskoy volostida tugʻilgan. 18-asrning boshlarida Uralda „togʻ qudrati“ deb ataluvchi kon ochilgan. Yekaterinburg shahrining asoschisi sifatida tanilgan Vasiliy Tatishev „Rossiya tarixi“ kitobining muallifi sanoat idorasining rahbari boʻlgan. Oʻsha paytda viloyatda yangi konlarni faol oʻzlashtirish boshlangan, yangi zavod va konlar qurilgan. Mahalliy aholi boshqirdlar Rossiyaga qoʻshilish sharoitida olingan yerlarga boʻlgan meros huquqini yoʻqotishdan qoʻrqib, oʻzlarining madaniy, diniy va maishiy anʼanalarini himoya qilishga intilishgan. Xalqning noroziligi 1735―1740-yillardagi Boshqird qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan. Rasmiylar jazo kampaniyalari bilan javob berishgan. Qoʻzgʻolon koʻtargan qishloqlarning aholisi oʻldirilgan, qullikka sotilgan, majburan choʻqintirilgan. Boshqird ayoli Kisyakbika Bayryasova qoʻlga olinib, Yekaterinburgga olib kelingan. Yozuvchi va tarjimon Kiryak Kondratovichga serf sifatida berilgan. Choʻqintirilgan va soʻng Yekaterina deb ism berilgan.
Boshqa qullar singari Kisyakbika ham ozodlikni orzu qilib yashagan. 1737-yil 18-sentyabrda boshqa qul bilan qochib ketgan. Kampirni qoʻlga olib, qamchilaganlar. Ammo erkinlikni sevuvchi ayol bu ishida davom etgan. Oʻsha yilning 26-sentyabrida Kisyakbika sanoat idorasi menejeri kotibi bilan Yekaterinburgdan ikkinchi marta qochib ketadi. Ushlanib yana qamchilangan.
Shu bilan birga, 1738-yil 20-aprelda Toygilda Julyakov qatl qilingan. U ham majburan choʻqintirilgan, lekin Islomga qaytgan ediRakitin A. I. „Zagadochnie prestupleniya proshlogo“. – 2001. . Yekaterinburg va uning atrofidagi barcha boshqirdlar Toygilda gulxanga olib borilgan. Toygilda Julyakov bolalari koʻz oʻngida olovda yoqib yuborilgan. Shunda ham Kisyakbika kuydirilishdan qoʻrqmay, 1738-yil sentyabr oyida uchinchi marta qochib ketganState Archive of the Sverdlovsk Region. F.24. Op.1. D.818. S.70..
1739-yil 8-fevralda Sanoat idorasi Kisyabika Bayryasovani Islomga qaytgani va uch marta qochib ketgani uchun ustunda yoqib yuborishga qaror qilgan.
Bir oy oʻtgach, Kisyabika Bayryasova Yekaterinburgning markaziy maydonida qatl qilingan.
Sanʼatda Boshqird yozuvchisi M. S. Burakayeva „Skaz Kisyakbike (Kisyakbika ertagi)“ qissasini yozgan. Mixail Bashkirov hikoya asosida pyesa yozgan. Bu spektaklni Sterlitamak boshqird drama teatri sahnalashtirgan. Mustay Karim katta muvaffaqiyat bilan „Kiҫәkbikә. Riүәyәt“ () spektaklining Milliy yoshlar teatri sahnasida premyerasini oʻtkazgan.
Shov-shuvli premyeradan keyin spektakl repertuardan olib tashlangan. Teatr sanʼatkorlarining soʻzlariga koʻra, spektaklni bekor qilish haqidagi farmon Madaniyat vaziridan chiqqan.
Manbalar
Havolalar
Ayollar hikoyalari: boshqird Jan d’Arki Realnoye vremya 10.03.2018
Turkum:1679-yilda tugʻilganlar