Talapov Baxriddin Alijanovich (1958-yil 11-may, Chust tumani, Namangan viloyati) — falsafa fanlar doktori (2023), professor (2023). Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani. Biografiyasi 1958-yil 11-mayda Namangan viloyati, Chust tumanida tavallud topgan. 1976-1981 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1985-1987 yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1991-1994 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranti bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1981-1982-yillarda Namangan davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi sifatida boshlagan.
1987-1991-yil. — Namangan davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi.
1994-2003-yil. — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani, huquqshunoslik kafedrasi mudiri, huquqshunoslik fakulteti dekani
2003-2008-yil — Namangan shahri huquqshunoslik kolleji direktori
2008-2010-yil — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani
2010-2010-yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi
2010-2011-yil. — Namangan davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori vazifasini bajaruvchi
2011-2012-yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi
2012-2013-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat va huquq asoslari kafedrasi mudiri
2013-2014-yil. — Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti dekani
2014-2018-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri
2018-2020-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti
2020-yildan. — hozirgi vaqtgacha. — Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda..
Ilmiy faoliyati 2023-yilda „Oʻzbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy — huquqiy masalalari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Mukofotlari 2021-yil Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi esdalik nishoni
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Chust tumanida tugʻilganlar Turkum:Falsafa fanlari doktorlari