Kinds of Kindness – rejissyor Yorgos Lanthimosning Efthimis Filippou bilan hamkorlikda yozgan ssenariysi asosida suratga olingan absurd-antologik film. Filmda bosh rollarni Emma Stone, Jesse Plemons, Willem Dafoe, Margaret Qualley, Hong Chau, Joe Alwyn, Mamoudou Athie va Hunter Schafer ijro etgan.

„Kinds of Kindness“ filmining premyerasi 2024-yil 17-mayda 77-Kann kinofestivalida boʻlib oʻtgan va unda Plemons eng yaxshi aktyor mukofotini qoʻlga kiritgan. Film AQShda Searchlight Pictures tomonidan 2024-yil 21-iyunda, Irlandiya va Buyuk Britaniyada esa 2024-yil 28-iyunda kinoteatrlarda namoyish etilgan. Film tanqidchilardan asosan ijobiy baholar olgan va butun dunyo boʻylab 16 million dollar daromad keltirgan.

Rollarda Emma Stone Jesse Plemons Willem Dafoe Margaret Qualley Hong Chau Joe Alwyn Mamoudou Athie Hunter Schafer

Manbalar

Havolalar

Turkum:Searchlight Pictures filmlari Turkum:2024-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Buyuk Britaniya kinokomediyalari Turkum:AQSH kinokomediyalari