Anvar Abduqodirov (; 1983-yil 21-noyabr, Andijon) — Oʻzbekiston nafaqadagi futbolchi, Faoliyatining asosiy qismini „Andijon“ va „Neftchi“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. Futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati Anvar Andijon futbol makatabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini 1999-yilda Andijon jamoasida boshlagan. Andijon jamoasi 5 mavsum davomida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Neftchi jamoasi tarkibida raqobat sababli asosiy jamoadan oʻrin ololmagan. „Neftchi“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 43 ta oʻyinda 6 ta gol muallifi boʻlgan.

2007-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Muborak jamoasida bir mavsum oʻynaganidan soʻng klubni tark etdi va keyingi faoliyatidagi jamoalarda ham bir mavsumdan ortiq faoliyati olib bormagan. 2008-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“, 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“, 2010-yilda „Xorazm“ jamoalarida oʻynagan.

2010-yildan soʻng quyi liga jamoalari, NBU Osiyo, Kosonsoy, Shahrixon, Guliston, Oʻz Tong Ho klublarida faoliyat olib borgan.

Murabbiylik faoliyati 2021-yilda „Andijon“ klubida yordamchi murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2004, 2006 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2007 Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin sohibi: 2005

Manbalar

Havolalar

Anvar Abduqodirov Footballfacts saytida Anvar Abduqodirov OʻzPFL saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Oʻz Tong Ho klubi futbolchilari Turkum:Uz DongJu klubi futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Norin klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar