Tavakkal Esonaliyevich Rahimov — Soʻx (2012-2018) va Rishton tumani (2018-2019) hokimi boʻlib faoliyat yuritgan.
Hayoti Tavakkal Esonaliyevich Rahimov 1963-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Dutir qishlogʻida tugʻilgan. 1986-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati Tavakkaljon Rahimov oʻz mehnat faoliyatini 1988-yili Rishton Agrosanoat kombinati ishchiligidan boshlagan. 1993-2012-yillarda ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Rishton tuman IIB boshligʻi sifatida, 2012-2018-yillar oraligʻida esa Soʻx tumani hokimi vazifasida faoliyat yurigan. 2018-yilda Rishton tumani hokimi etib tayinlagan va 2019-yilda tuman xalq deputatlari kengashi qarori bilan, boshqa manbada esa kasalligi tufayli oʻz lavozimini tark etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston hokimlari Turkum:Rishton tumani hokimlari