Aleksandr Masalov Yelagin (1953-yil 2-avgust) — sport sharhlovchisi, jurnalist va aktyor. 1990-yillarda 2x2 kanalida muharrir va sport teleboshlovchi sifatida oʻzining faoliyatini boshlaydi. Radioda u sport prodyuseri Yevgeniy Lyubimovni uchratadi va Yelaginga oʻsha paytda yaratilayotgan REN-TV kanaliga oʻtishni taklif qiladi. 1996—2003-yillar davomida REN-TV telekompaniyasida sport muharriri sifatida faoliyat yuritadi. Yelagin „Futbolniy kurer“ dasturining asoschilaridan biri hisoblanadi. Angliya Premyer-ligasi oʻyinlarini sharhlab futbol muxlislari orasida mashhurlikga erishgan.
1999-yilda eng yaxshi futbol sharhlovchisi sifatida „Zolotoy mikrofon“ mukofotini qoʻlga kiritadi.
2002-yildan 2009-yilgacha 7TV telekanalida futbol sharhlovchisi sifatida ishlab kelgan. Angliya Premyer-ligasi doirasidagi eng asosiy uchrashuvlarni, shuningdek Yevropada boʻlib oʻtgan markaziy uchrashuvlarni maromiga yetkazib sharhlab ulgurgan. Dastlab u ushbu kanalda vaqtinchalik ravishda ishlagan va 2004 yildan boshlab, REN-TVda sport tahririyati yopilgandan soʻng, Yelgain asosiy xodimlaridan biriga aylangan. 7TV dan tashqari 2004—2005-yillarda Birinchi kanal stadiondagi zaxira sharhlovchi sifatida ishlagan. Oʻyin vaqti yoki oʻyingacha boʻlgan davrda aloqa yoʻqolgan taqdirda Yelagin oʻyinni stadiondan turib sharhlashga tayyor turar edi.
2009-yil sentyabr oyida 7TV telekanali sport translyatsiyasini toʻxtatgandan soʻng, u NTV-Plyusga oʻtdi. 2009-yildan 2015-yilgacha — ushbu telekompaniyaning sport kanallarida futbol koʻrsatuvlari sharhlovchisi sifatida faoliyat olib bordi. 2015-yil noyabr oyidan — Match TV kanalida futbol koʻrsatuvlari sharhlovchisiga aylanadi.
2019-yil iyun oyidan boshlab „Okko. Sport“ internet—portalida oʻz ish faoliyatini boshlaydi.
Manbalar
Turkum:Sport sharhlovchilari