Diego Alves Carreira (1985-yil 24-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik darvozabon.
Faoliyatini Braziliyaning Atlético Mineiro klubida boshlagan. Ispaniyada Almeriya va Valencia klublarida uzoq vaqt davomida oʻynagan. Ispaniyadagi oʻn yillik faoliyati davomida La Liganing 269 ta oʻyinda maydonga tushgan va shu vaqt ichida rekord darajadagi 23 ta penaltini qaytargan. 2017-yilda Braziliyaga qaytib kelgandan soʻng Flamengo klubiga qoʻshilgan va klub bilan bir nechta sovrinlarni, shu jumladan, 2019-yilgi Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan.
Alves 2008-yilgi Olimpiadada Braziliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va jamoa musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Valencia official profile CiberChe biography and stats
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Clube Atlético Mineiro futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:UD Almería futbolchialari Turkum:Valencia CF futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar