Al-Shuaybiya masjidi () al-Omariy nomi bilan ham tanilgan (), at-Tuteh () va al-Atras masjidi (), Suriyaning Halab shahridagi eng qadimgi masjiddir. 637-yilda qurilgan bu inshoot Levantdagi eng qadimiy masjidlardan biridir. U qadimiy Halab shahrining gʻarbiy qismida, shaharning tarixiy devorlari orasida, Antioxiya darvozasi yaqinida joylashgan.

Tarixi 637-yilda Abu Ubayda ibn al-Jarrah boshchiligida Halab arablar qoʻliga oʻtgandan soʻng Antioxiya darvozasi yaqinida Al-Shuaybiya masjidi qurilgan. U bir paytlar dekumanusning boshlanishini belgilagan qadimgi Rim zafar arkini oʻz ichiga olgan.

Taʼmirlanishi Masjid 10-asrda shialardan boʻlgan Abu Hasan al-Gʻadairiy tomonidan taʼmirlangan. 1150-yillarda zangiy hukmdori Nuriddin uni qayta taʼmirlab, shia masjididan Shayx Shuayb uchun Shofiʼiy madrasasiga aylantirgan. U 12-asrga oid koʻplab kufiy yozuvlaribilan bezatilgan fasadi bilan mashhur. Toʻrtburchak shaklidagi qisqa minora islom meʼmorchiligi tarixidagi eng qadimgi dizaynlarni aks ettiradi. Masjid 1401-yilda yana taʼmirlangan.

Zamonaviy davrda masjid 1980 va 1990-yillarda taʼmirlanganAlkeltawia:Al-Shuaibiyah Mosque. Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Al-Shuaybiya masjidi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Halabdagi masjidlar Turkum:7-asr masjidlari