Viktoriya Loba ( ; ,1988-yilning 17-oktabrda dunyoga kelgan) — rossiyada tugʻilgan makedoniyalik qoʻshiqchi.

Shaxsiy hayoti va musiqa faoliyati Loba Taganrog shahrida tavvalud topgan. Loba 8 yoshida oilasi bilan Rossiyadan Shimoliy Makedoniyaga koʻchib ketadi. U yoshligidan Makedoniyadagi musiqali sahna koʻrinishlarida va televideniyada rollar oʻynay boshlaydi. 15 yoshida Loba 2003-yilda Daniya, Kopengagenda boʻlib oʻtgan Junior Eurovision 2003 qoʻshiq tanlovida Makedoniya nomidan Mariya Arsovska bilan birga " Ti ne me poznavaš " (Siz meni tanimaysiz) qoʻshigʻi bilan 12-oʻrinni egallagan.

Loba 2008-yildan 2010-yilgacha Braziliyada,Portugaliya va Kubadagi musiqalarni ijro etuvchi makedoniyalik "Tumbao Salsa Band" guruhining bosh vakili hamda bosh qoʻshiqchisi boʻlgan.

2011-yilda Ohrid Fest Loba "Nine things" (Devet raboti) qoʻshigʻi bilan pop kechasi 2-milliy mukofotini va xalqaro kecha 3-milliy mukofotini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda "Yozgi sevgi" soʻnggi hit musiqasi bilan Gollandiyaning yosh iste'dodlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Spinnin Records da uzoq vaqt davomida oʻsha oʻrinda qoldi. 2014-yilda Makedoniyada boʻlib oʻtgan “Makfest” xalqaro festivalida Loba “Samo moj” qoʻshigʻi bilan “Eng yaxshi ijro” mukofotini qoʻlga kiritadi.

U oʻzining Edna edinstvena qoʻshigʻi bilan Evrovidenie 2015 qoʻshiq tanlovi 2015-yilgi milliy finalida Makedoniyani vakillik qilishga urinib koʻrdi va umumiy hisobda 7-oʻrinni egalladi. Daniel Kaymakoski 2015-yilgi musobaqada Makedoniya vakili boʻldi.

Tashqi havolalar

http://popara.mk/2011/prikazna/intervju-so-viktorija-loba/ https://web.archive.org/web/20120126095424/http://www.tocka.com.mk/index25.php? ID=47692 https://web.archive.org/web/20160304030306/http://novamakedonija.com.mk/ruskarec/ruskarec3/index.html

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻshiqchi Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Musicians from Taganrog Turkum:Makedoniya qoʻshiqchisi