Vyacheslav Yegorovich Xrustalev (; 1947-yil 27-avgust, Bekobod — 2004-yil 28-oktyabr, Minsk) — sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya Vyacheslav Xrustalev 1947-yil 27-avgustda Toshkent viloyati (hozirgi Oʻzbekiston), Bekobod shahrida tugʻilgan.
Vyacheslav darvozabon sifatida futbol oʻynagan. 1966—1968-yillarda Toshkent viloyatining „Politodel“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1966-yilgi mavsumda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi, 1967-yilgi mavsumda 4 marta maydonga tushdi, 1968-yilgi mavsumda esa 35 ta oʻyinda maydonga tushib, asosiy darvozabonga aylangan.
1969—1974-yillarda u Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Bu davrda asosan zaxira futbolchisi sifatida faoliyat yuritgan. Olti mavsum davomida u SSSR chempionatlarida 21 ta oʻyin oʻtkazgan, 1971 va 1972-yillgi mavsumlarda esa hech qachon maydonga tushmagan. 1974-yilgi mavsumda u birinchi ligada 4 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol oʻtkazib yuborgan.
1975-yilda ikkinchi ligada oʻynagan "Traktor Pavlodar" jamoasi tarkibiga oʻtgan. Uch mavsum davomida Traktor jamoasi safida 83 ta oʻyin oʻtkazgan.
1978—1979-yillarda „Dnepr Mogilev“ tarkibida ikkinchi ligada oʻynagan va 88 ta oʻyin oʻtkazgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u Minskdagi 3-sonli sport maktabida murabbiy, soʻngra direktor boʻlib ishlagan.
1994-yildan Minskdagi Dinamo stadioni direktori boʻlgan.
U 2004-yil 28-oktyabrda Minskda yurak xurujidan vafot etgan. U Minskning Sharqiy qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
Vyacheslav Xrustalev FootballFacts.ru Vyacheslav Xrustalev Sport-strana.ru
Turkum:27-avgustda tugʻilganlar Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Bekobodda tugʻilganlar Turkum:28-oktyabrda vafot etganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Dnepr Mogilev futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar