Qora niyat (asl nomi — Yasak Elma, asl tarjimasi Taqiqlangan Olma) — drama va komediya janridagi turk seriali boʻlib, „Medyapım“ tomonidan ishlab chiqarilgan. Birinchi qismi 2018-yil 19-martda efirga uzatilgan boʻlib, rejissyori Eje Erdek Kochogʻlu, ssenariysi esa Melis Jivelek va Zeynep Gurga tegishlidir. 6 fasldan iborat boʻlgan serial 2023-yil 5-iyunda efirga uzatilgan 177-qismida final bilan tugatilgan.
Medyapim serialining dastlabki 3 faslini rejissyor Neslihan Yeshilyurt boshqargan, 4-mavsumni rejissor Murat Oʻzturk boshqargan. Serialning birinchi fasli 2018-yil 19-martda boshladi, 2018-yil 4-iyunda yakunlandi va jami 12 qism davom etdi. 2-mavsum esa 2018-yil 10-sentabrda boshlangan, 2019-yil 27-mayda yakunlangan va jami 35 qism davom etgan. 3-mavsum 2019-yil 9-sentabrda boshlangan. Ushbu mavsum 2020-yilning 23-martida koronavirus tufayli erta yakunlandi. Mavsumning soʻnggi qismi (74-qism) 9,79 „Total“ kategoriyasida ball toʻplagan holda boshqa qismlarga nisbatan rekord oʻrnatdi va serial ushbu qism bilan oʻsha kungi reytingda 3-oʻrinni egalladi. Mavsum 27 qism davom etdi. 4-mavsumning birinchi qismining efirga uzatilish sanasi 2020-yil 7-sentyabr deb eʼlon qilindi va yangi rejissyor Murat Oʻzturkning rahbarligi shu sanada boshladi. 2021-yil 10-mayda esa yakunlandi. Bu mavsum jami 36 qism davom etdi. Mavsum davomida ssenariyning oʻzgarishi tufayli koʻplab bosh rollar va yordamchi qahramonlar serialni tark etishdi va uning oʻrniga yangi qahramonlar qoʻshildi.
Manba
Turkum:Turkiya teleseriallari Turkum:FOX seriallari Turkum:Turkiya drama teleseriallari Turkum:2018-yillar teleseriallari