Byeon Woo-seok (; 1991-yil 31-oktyabrda Seulda tugʻilgan) – Janubiy Koreyalik aktyor va model. Byeon Woo-seok „Flower Crew: Joseon Marriage Agency“ (2019), „Record of Youth“ (2020) va „Moonshine“ (2021–2022) seriallaridagi rollari bilan tanilgan. „20th Century Girl“ (2022) filmi, „Strong Girl Nam-soon“ (2023) va „Lovely Runner“ (2024) seriallaridagi bosh rollari bilan katta mashhurlikka erishadi.

Bolalik va yoshlik yillari Byeon Woo-seok 1991-yil 31-oktyabrda Koreya respublikasining Seulga yondosh boʻlgan Bucheon shahrida tugʻilgan. Bitta opasi bor. Teatr va kino fakultetida tahsil olgan. Harbiy xizmatni tugatganhttps://kprofiles.com/byeon-woo-seok-profile-facts/.

Faoliyati

2014—2019: Faoliyatining boshlanishi YG Entertainment shou-biznes kompaniyasida oʻz faoliyatini model sifatida boshlagan. 2014-yilda model sifatida debyut qilib shou-biznes sohasida mashhurlikka erishadi.

Aktyor boʻlish orzusi sababli oʻz agentligida aktyorlik boʻyicha saboqlarini oladi va keyinchalik aktyor sifatida debyut qildi. Ota-onasi uning modellik bilan shugʻullanishidan unchalik mamnun boʻlmagan, lekin aktyorlik faoliyatida qoʻllab-quvvatlashganhttps://kprofiles.com/byeon-woo-seok-profile-facts/.

2016-yilda Byeon Woo-seok "Dear My Friends" filmida Son Jongshik rolini oʻynash orqali aktyor sifatida debyut qiladi. thumb|2018-yil fevral oyida

2019-yili JTBC telekanalining "Flower Crew: Joseon Marriage Agency" teleserialidagi Do-joon roli uchun ham tanqidchilar, ham tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.

2020—hozirgi davr: Bosh rollarni ijro etish va mashhurlikning ortib borishi 2020-yilda Byeon Woo-seok TvN telekanalining "Record of Youth" serialida Park So-dam va Park Bo-gumlar bilan birgalikda bosh rolni oʻynash uchun tanlangan. Bu serialdagi Won Hae-hyo roli bilan xalqaro miqyosda yanada mashhur boʻladi.

2021-yilda Byeon Woo-seok KBS2 telekanalining "Moonshine" tarixiy dramasida rol oʻynadi. Lee Pyo ismli valiahd shahzoda rolini oʻynaganidan soʻng, 2022-yilgi „KBS Drama Awards“ mukofotining „Eng yaxshi yangi aktyor“ nominatsiyasida gʻolib boʻladi. 2021-yili Byeon Woo-seok oʻzining birinchi bosh roli Poong Woon-ho rolini "20-asr qizi" (inglizcha nomi 20th Century Girl) filmida oʻynaydi. Film premyerasi 2022-yilda boʻlib oʻtadi va Koreyada ham, xalqaro miqyosda ham katta shuhrat qozonadi.

2022-yilda Byeon Woo-seok "Soulmate" filmida bosh rol oʻynash uchun yana bir taklif oldi. Film kinoteatrlarda 2023-yilli premyera qilinadi .

2023-yilning 19-iyulida Byeon Woo-seok tvN telekanalining "Lovely Runner" serialida Kim Hye-yoon bilan birga televideniyedagi birinchi bosh rolini ijro etdi. Premyera 2024-yil aprel oyida boʻlib oʻtadi. Teleserial katta mashhurlikka erishib, birinchi reytingga koʻtarildi.

Filmografiyasi

Filmlari Yil Sarlavha Rol Eslatmalar 2017-yil Midnight Runners Klub oʻyinchisi kameo 2019 Ashfall Tansoqchi 2022 20th Century Girl Poong Woon-ho 2023-yil Soulmate Ham Jin-woo

Televizion seriallari YilNomOʻrinIzohlar2016Dear My FriendsSon Jong-shikKameoWeightliftling Fairy Kim Bok-jooJoon-Hyungning katta yoshli koʻrinishiKameo (16-epizod 49:21 daqiqasi)Moon Lovers: Scarlet Heart RyeoGo Xajinning sobiq qayligʻiKameo (1,3-epizod)2017Secret Crushes: Season 3Byun Woo-sukDrama Stage „The B Manager and the Love Letter“Jung Do-jinLive Up to Your NameXizmatchi Heo-junDrama Stage – „History of Walking Upright“Jong-min2019Office Watch 3Ha Min-gyuWelcome to Waikiki 2Yoon Seo-wonKameo (4-epizod)Search: WWWHan Min-gyuKameo (3–5, 7, 16–epizodlar)Flower Crew: Joseon Marriage AgencyDo Joon2020Record of YouthWon Hae-hyo2021-2022MoonshineLee Pyo2023Strong Girl Nam-soonRyu Shi-oh2024Lovely RunnerRyu Sun-jae

Televizion koʻrsatuvlar YilNomOʻrin2017-2018ModuloveOʻzi

Boshlovchilik YilNomOʻrin2015Mr. ChU: Birinchi mavsumAsosiy boshlovchi2016Mr. CHU: Ikkinchi mavsum2017Mr. CHU: Uchinchi mavsum

Mukofotlari va nominatsiyalari +Mukofotlash marosimining nomi, taqdim etilgan yili, nominatsiyasi, mukofotga nomzod va nomzodlikning natijasi Taqdirlash marosimi Yil Turkum Nomzod / IshNatija Baeksang Arts Awards 2023- yil Eng yaxshi yangi aktyor – film 20th Century GirlNomzod Buil Film Awards 2023- yil Eng yaxshi yangi aktyorNomzod Grand Bell Awards 2023- yil Eng yaxshi yangi aktyor SoulmateNomzod KBS Drama Awards 2022 Mashhurlik mukofoti, aktyor MoonshineNomzod Eng yaxshi yangi aktyorGʻolib

Manbalar

Havolalar

Byeon Woo-seok HanCinema da Byeon Woo-seok IMDb da Byeon Woo-seokning Instagram akkounti byeonwooseok

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Seulda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar