Aleksandr Lyudvigovich Kun – rossiyalik sharqshunos va islomshunos olim. Otasi kelib chiqishi Klaypeda shahridan boʻlgan nemis, onasi tabrizlik, arman millatiga mansub ayol boʻlgan. 1865-yilda Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetini arab-fors-turk tillari razryadi boʻyicha kandidat darajasida tamomlagan. Turkiston oʻlkasida xizmat qilgan, keyinchalik Vilensk okrugi nozirining yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzining nashr etilmagan „Qur’ondagi diniy va huquqiy-siyosiy munosabatlarning mushohadasi“ nomli asaridan tashqari u „Vaqflar“ („Turkiston viloyati gazeti“, 1872-yil 21-son) va „Qoʻqon xonligi ocherki“ asarlari muallifidir.

Aleksandr Lyudvigovich Kun 1888-yil 21-oktyabrda vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

turkum:1840-yilda tugʻilganlar turkum:Rossiyalik sharqshunoslar Turkum:1888-yilda vafot etganlar