2024-yil 19-may kuni Eronning Uzi, Varzaqan shahrida Tabrizga ketayotgan vertolyot halokatga uchragan. Vertolyotda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malek Rahmatiy va Oliy rahbarning Sharqiy Ozarbayjondagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshem boʻlgan. Xabarlarga koʻra, ayni damda 40 nafar qutqaruv guruhi Dizmar oʻrmoni hududida qulagan vertolyotni topishga harakat qilmoqda. Vertolyot qayerdaligi va yoʻlovchilarning ahvoli noma’lumligicha qolmoqda.

Bu hodisa, Raisiy Eronning Ozarbayjon bilan chegarasida joylashgan Joʻlfa shahri yaqiniga uyushtirgan sayohati chogʻida sodir boʻlgan. Eron televideniyesining xabar berishicha, qutqaruv ishlari zich oʻrmon relyefi, kuchli yomgʻir, tuman va kuchli shamol kabi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Vertolyotni qidirishga yordam berish uchun dronlar, qidiruv-qutqaruv guruhlari va maxsus oʻqitilgan itlar safarbar etilgan.

Yana qarang Eron prezidentlik saylovlari (2024)

Manbalar

Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:Aviahalokatlar Turkum:Sharqiy Ozarbayjon ustoni