Baytul Afiyat masjidi, odatda Filodelfiya masjidi yoki Shimoliy Filodelfiya masjidi sifatida tanilgan, Filadelfiyadagi katta masjiddir.

Tarixi Masjid qurilishi 2003-yilda mablagʻ yigʻish bilan boshlangan. Keyinchalik, bugungi kunda masjid joylashgan boʻsh yer 2007-yilda sotib olingan. Bu yer ilgari shinalar tashlab ketiladigan joy boʻlgan. Masjid qurilishi 2013-yilda boshlangan. 7 million dollarga qurilgan masjid 2018-yil 19-oktabrda rasman ochilgan.

Arxitekturasi Masjid anʼanaviy islom meʼmoriy uslubida qurilgan va balandligi 55 futlik minoraga ega. U Olaya Studiodan Rich Olaya tomonidan qurilgan. Bino 3 qavatdan iborat boʻlib, 21,400 kvadrat metr maydonni egallaydi. Yertoʻla savdo oshxonasidan, oʻrta qavat turar joy xonalaridan va yuqori qavat kutubxona va ofislardan iborat. Masjidning namoz zali 5000 kvadrat fut maydonni egallaydi, u erkaklar va ayollar uchun ikkiga boʻlingan boʻlib, umumiy 700 namozxonni sigʻdira oladi.

Yana qarang

AQShda Islom Filadelfiyada din Manbalar

Havolalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Filadelfiyadagi masjidlar Turkum:2018-yil qurilgan masjidlar