Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – davlat hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni ragʻbatlantirish, samarali mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilot.

Tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-fevraldagi PF-337-son „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti)ni tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti tashkil etilgan.

1994-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan.

2005-yil 4-maydagi PF-3603-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi deb oʻzgartirilgan.

2006-yil 26-aprel kuni Davlat mulki qoʻmitasi qayta tashkil etildi.

2012-yil 13-noyabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitalari birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilgan.

2017-yil 18-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sifatida qayt tashkil etilgan.

2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son „Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini tashkil etilgan. 2019-yil 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat raqobat qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazi tugatilib, uning shtat birliklari, shuningdek, vazifa, funksiya va vakolatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazigan.

Agentlikning vazifalari davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish; davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish; davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish; davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.

Boshqaruv tarkibi Ortikov Akmalxon Joʻraxonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori. Xusanov Nodirbek Djummaevich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari. Miraliyev Alisher Erkinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari. Manbalar

Havolalar Rasmiy Facebook sahifasi Rasmiy Telegram sahifasi Rasmiy Instagram sahifasi Rasmiy YouTube kanali

Turkum:Davlat tashkilotlari #