Boris Paichadze (, ; ; 4-fevral 1915-yil — 9-oktyabr 1990-yil) – gruziyalik futbolchi. Dinamo Tbilisi klubi safida harakat qilgan. Tbilisidagi Dinamo-Arena stadioni uning sharafiga nomlangan. 2001-yilda Paichadze XX asrdagi eng yaxshi gruziyalik futbolchi deb eʼtirof etilganPaychadze nazvan futbolistom stoletiya v Gruzii. sport-express.ru (2001-03-26).

Faoliyati Paichadze Onchiketi shahrida tugʻilgan. Yetti yoshligida oilasi bilan Poti shahriga koʻchib oʻtgan. Paichadze oʻsha yerdagi yoshlar jamoalarining birida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Bu paytda Gruziyada futbol endigina rivojlana boshlagan edi. Shu sababli klublar soni juda ham kam boʻlgan. Paichadze 16 yoshida Poti shahrining futbol klubi safiga qoʻshilgan.

1936-yilda Tbilisining Dinamo klubi safiga bosh murabbiy Jules Limbeck tomonidan taklif etilgan. Oʻsha mavsumda SSSR Oliy Ligasida debyut qilgan va 12 oʻyinda raqiblar darvozasiga 13 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Paichadze 1937-yilgi mavsumda SSSR Oliy Ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Biroq, uning uchun eng samarali mavsum 1939-yilda boʻlgan. 1939-yilgi mavsumda Dinamo klubi safida 25 ta gol urgan. Paichadze noyabr oyida SSKA Moskva klubiga qarshi bahsning birinchi taymidan soʻng 1:4 hisobida magʻlub boʻlayotgan jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qolgan. Oʻyin 5:4 hisobi bilan yakunlangan. Shundan soʻng, turli sport ommaviy axborot vositalari tomonidan Boris Paichadzening oʻyini yuqori baholangan.

SSSR Oliy Ligasining 1941-yilgi mavsumida 2-jahon urushi tufayli chempionat bekor qilinganida Dinamo yetakchilaridan biri edi<ref name="BORIA">. Ministry of Sport and Youth Affairs of Georgia. 17 January 2014. Retrieved 3 February 2015.</cite></ref>. Paichadze jamoadoshlari bilan birga qurolli kuchlar safiga borib qoʻshilgan.

3 yillik tanaffusdan soʻng, 1945-yilda chempionat yana tiklangan. Paichadze Dinamoga qaytib, yana klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan<ref name="BORIA">. Ministry of Sport and Youth Affairs of Georgia. 17 January 2014. Retrieved 3 February 2015.</cite></ref>. Biroq, 1947-yilda Moskvaning Torpedo klubiga qarshi bahsda Nikolay Morozov bilan boʻlgan toʻqnashuvdan soʻng jiddiy jarohat olgan. Natijada ikki yil davomida maydonga tusha olmagan. Tiklanganidan soʻng, oldingidek oʻyin koʻrsata olmagan va futboldan ketishga qaror qilgan.

Statistika Manba KlubMavsumLigaKubokUmumiyOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniDinamo Tbilisi1936121385201819371687423121938241458292219392619763325194024110024111941106001061942-1944Ikkinchi jahon urushi tufayli bekor qilindi19451673219919462214412615194710820128194800000019491210012119502193124101951211233Jami:1951114029235140

Manbalar

Havolalar

Profile at KLISF

Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari