Massachusets universiteti — 1863-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusets shtatida joylashgan davlat universiteti. Universitet umumiy hisobda 5 ta asosiy kampuslarga ega. Universitet quidagi beshta kampusni oʻz ichiga oladi (Amherst, Boston, Dartmut, Louell, Vussterdagi tibbiyot maktabi va Dartmutdagi huquq maktabi), shuningdek, yana Kaliforniya va Vashingtondagi 25 ta kampusni ham oʻz ichiga oladi. Massachusets universiteti prezident, hamda 22 ta aʼzodan iborat Vasiylar kengashi tomonidan boshqariladi, hozirda universitet prezidenti Marty Meehan hisoblanadi. Universitet taʼlim tizimi maʼmuriyati Boston va Shrewsburyda joylashgan, Yangi Angliya maktablar va kollejlar uyushmasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan va uning kampuslarida 73,979 talaba tahsil oladi.

Kampuslari Massachusets Amherst universiteti UMass tizimidagi eng katta universitetdir. Bu kampus 1863-yil Massachusets ochilgan vaqtida qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida tashkil etilgan. UMass Chan tibbiyot maktabi 1962-yilda Vussterda tashkil topgan. Massachusets Boston universiteti esa 1964-yilda tashkil qilinib, keyinroq 1982-yilda Boston shtat kolleji bilan birlashtirilgan. 1991-yilda yana ikkita kampus yaʼni Massachusets Louell universiteti va Massachusets Dartmouth universiteti sifatida UMass tizimga qoʻshilgan.

Massachusets Amherst universiteti

Amherst universiteti UMass tizimidagi kampuslarining birinchi tashkil etilgani, hamda eng katta kampus hisoblanadi. Bu kampus Amherstdagi Massachusets qishloq xoʻjaligi kolleji (dastlab shunday nomlangan) nomi bilan 1863-yilda tashkil etilgan. 1931-yilda „Massachusets shtat kolleji“ga, 1947-yilda esa „Massachusets universiteti“ga aylantirilgan.

Universitetga turli xil darajadagi talabalar, hamda professorlar qabul qiladi. Amherstda 1300 dan ortiq kunduzgi taʼlimda faoliyat koʻsatadigan oʻqituvchilar mavjud. Professor-oʻqituvchilarning 92 foizi oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori darajaga ega. 2018-yilgi kirish imtihonlari uchun oʻrtacha SAT balli 1296, oʻrtacha GPA esa 4,0 shkalasi boʻyicha 3,90 ni tashkil qilgan. Kampusda 21 969 ta bakalavriatda tahsil oladigan talabalar bor va 109 ta bakalavriat dasturlari ham mavjud. Talaba-oʻqituvchilar nisbati 18:1 ga teng va guruhlarning 81 foizida 40 nafardan kam talaba tahsil oladi. Massachusets Boston universiteti

Massachusets Boston universiteti — UMass tizimidagi tadqiqot universiteti hisoblangan. UMass Boston kampusining rektori Marselo Suares-Orozkodir. Ushbu kampus Boston shahrida hamda Kolumbiya-Point yarim orolidagi Boston bandorgohida joylashgan, John F. Kennedy kutubxonasi va Massachusets shtati arxivi binolari kampus atrofida joylashgan.

UMass Boston universitetida 12 000 dan ortiq bakalavr va 4 000 ga yaqin aspirantlar tahsil olgan, bu statistika bilan mazkur kampus UMass tizimidagi eng katta kampuslar orasida 3-oʻrinni egallagan. Universitetda 100 dan ortiq bakalavriat va 50 ta magistratura dasturlari mavjud, hamda beshta bakalavriat kolleji va ikkita magistratura kollejiham faoliyat yuritadi. Kunduzgi taʼlimga asoslangan fakultetlarning 93 foizi oʻz sohalarida eng yuqori darajalarni namoyish etishgan. Massachusets Global universiteti

2021-yil sentyabr oyida Brandman universiteti nazorat shartnomasini oʻzgartirish orqali, Chapman universiteti rahbariyati Massachusets universiteti bilan qayta aloqaga chiqqan va UMass Global nomini olgan. Moliya boʻlimi UMass tizimi uchun 2014-yilgi moliya hisobotlarida berilgan yillik operatsion byudjeti 2,94 milliard dollarni tashkil etgan, bu joriy yil xarajatlariga nisbatan 2,6 foizga oshgan. Massachusets universitetining bir qancha xodimlari Massachusets shtatidagi eng yuqori maosh oluvchi davlat xizmatchilari qatoriga kiritilgan. Universitet prezidenti Prezident universitetning bosh ijrochi direktori hisoblanadi. Marty Mihan 2015-yil 1-iyulda beshta kampusli, 73 000 talabaga ega boʻlgan Massachusets universitetining 27-prezidenti boʻlgan.

1962-yilda tibbiyot maktabi tashkil etilishidan oldin prezident Amherstdagi kampus maʼmuri sifatida faoliyat yuritgan. UMass Boston kampusi 1964-yilda tashkil etilganida, universitet prezidentiga kanslerlarning hisobot topshirishida rahbarlik qilgan. 1970-yilda qayta tashkil etish doirasida UMass Amherstning kundalik rahbarlik vazifalarini kanslerga oʻtkazilgan, ikkala kansler ham prezidentga bir vaqtda hisobot berishgan. Bugungi kunda prezident beshta kampusni ham oʻzi boshqaradi. PrezidentFaoliyat yillariMassachusetts.edu , Retrieved January 11, 2009.Henry French1864 — 1866-yillariPaul Chadbourne1866 — 1867 va 1882 — 1883William Clark1867 — 1879Charles Flint1879 — 1880Levi Stockbridge1876 va 1880 — 1882James Greenough1883 — 1886Henry Goodell1883 va 1886 — 1905William Brooks1905 — 1906Kenyon Butterfield1906 — 1924Edward Lewis1924 — 1927Roscoe Thatcher1927 — 1932Hugh Baker1933 — 1947Ralph Van Meter1947 — 1954Jean Paul Mather1954 — 1960John Lederle1960 — 1970Robert Wood1970 — 1977Franklin Patterson1978 (vaqtinchalik)David Knapp1978 — 1990Joseph Duffey1990 — 1991Elbert Fretwell1991 — 1992 (vaqtinchalik)Michael Hooker1992 — 1995Sherry Penney1995 — 1996 (vaqtinchalik)William Bulger1996 — 2003Jack Wilson2003 — 2011Robert Caret2011 —2015Marty Meehan2015 — hozirgacha Yana qarang Massachusets Amherst universiteti Massachusets Louell universiteti Massachusets Boston universiteti Massachusets Dartmut universiteti Massachusets universiteti Chan tibbiyot maktabi Massachusets universiteti huquq maktabi

Manbalar Turkum:AQShdagi universitetlar Turkum:Massachusets universiteti Turkum:Massachusets universiteti prezidentlari

Havolalar