Ozarbayjonda gender tengligi- mamlakat konstitutsiyasi va qonunchiligi bilan kafolatlangan boʻlib, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish tashabbusi mavjud. Ozarbayjon 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va 2002-yilda Gender axborot markazi ochilgan. 1998-yilda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashkil etilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi gender tengligi va inson huquqlarini yaxshiroq aks ettirish uchun „barcha kishilar teng yaratilgan“ jumlani oʻrniga „barcha insonlar teng yaratilgan“ jumlasi qoʻllanilishini ilgari suradi. Shungga qaramay, ayollar hali ham gender tengligiga erishish masalasida himoyaga muhtoj ekanligi aytiladi. Oddiy qilib aytganda, gender tengligi ayollarning inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirishni anglatadi.

Qonunchilik

Ozarbayjon Konstitutsiyasi Ozarbayjon Konstitutsiyasida koʻrsatilgan qonunlarda, erkak va ayolning qonun oldida tengligi koʻrsatilgan. Konstitutsiya qonunlarida, ish vaqtida xodimni jinsiga nisbatan har qanday kamsitishni taqiqlaydi.

Qonunchilik boʻyicha kafolat 2006-yil 10-oktyabrda qabul qilingan Ozarbayjon Respublikasining 21-moddadan iborat „Ayollar va erkaklar teng huquqlarining davlat kafolatlari toʻgʻrisida“gi qonuni gender asosidagi kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda gender tengligini taʼminlashga qaratilgan. Shu bilan birga ayollar va erkaklarning barcha inson huquqlari kafolatlangan. Qonunni amalga oshirish uchun davlat organlari gender tengligi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini muntazam koʻrib chiqishlari hamda zarurat paydo boʻlganida qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishlari belgilab qoʻyilgan. Qonunda gender tengligiga oid huquqiy bilimni oshirish ham muhim masala sifatida bayon qilinadi.

Oilada zoʻravonlikni oldini olish 2010-yilning 22-iyun sanasida „Oilaviy zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilingan. Qonunda asosiy eʼtibor yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi oilada yuzaga keladigan zoʻravonlikning salbiy huquqiy, tibbiy va ijtimoiy oqibatlarini yumshatish, jabrlanganlarga huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan. Qabul qilingan qonunning asosiy maqsadi ayollarni himoya qilish ekanligi ochiqcha aytilmagan boʻlsa-da, aksariyat hollarda, oiladagi zoʻravonlik asosiy qurboni sifatida ayollar tilga olinadi. Qonun ayollarga nisbatan kamsitilishning taqiqlanishini asosiy tamoyil sifatida qabul qilib, oilaviy zoʻravonlikning uch turini sanab oʻtadi: jismoniy, psixologik va jinsiy.

Xalqaro hamkorlik

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya Ozarbayjon hukumati 1995-yilda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan va 2000-yilda uning fakultativ protokolini imzolagan. Hukumatning BMT Qoʻmitasiga (CEDAW) birinchi hisoboti 1996-yil 16-sentyabrda eʼlon qilingan. Konvensiya „ayollarga nisbatan kamsitish“ tushunchasini aniqlab beradi va ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun maʼlum bir davlat tashkilotlarini mas’uliyatni yuklaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar uchun taraqqiyot jamgʻarmasi (UNIFEM) UNIFEM va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik Janubiy Kavkazdagi mavjud nizolarni oldini olish va tinchlik oʻrnatish uchun ayollar mintaqaviy loyihasi shaklida amalga oshirilgan. Loyihaning birinchi bosqichi gender tengligi, tinchlik oʻrnatish va nizolarning oldini olishda ayollar tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish hamda faollar, yetakchilar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, ikki bosqichda amalga oshirilgan. Ilk bosqich 2001-yildan 2004-yilgacha borgan, navbatdagi bosqichi esa 2004—2007-yillarini qamrab olgan. Birinchi bosqichda BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari va Pekin Harakat platformasi asosida ayollar huquqlarini mustahkamlangan.

Gender maʼlumotlari markazi The Open Society fondi 2002-yilda Ozarbayjon Gender Axborot Markazini (AGIC) joriy qilgan. AGIC bir nechta ayollar tashkilotlaridan tashkil topgan, bular: Zamonaviy ijtimoiy jarayonlar tadqiqot markazi; hamda Bokudagi Ijodkor ayollar assotsiatsiyasi va Ozarbayjon tashkiliy va texnik rivojlanish uyushmasi; Mingechaur shahridagi Shams ayollar va yoshlar markazi hamda Hudat yoshlar dasturini rivojlantirish markazi.

Yana qarang

Ozarbayjon ayollari

Manbalar

Turkum:Ozarbayjonda ayollar Turkum:Ozarbayjonda gender Turkum:Gender tengligiga aloqador maqolalar Turkum:Inson huquqlari