Azamat Akbarov (1977-yil, Samarqand, OʻzSSR) – tilshunos, amaliy tilshunoslik boʻyicha fan doktori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), professor. "Xorijiy tillarni oʻrgatish va amaliy tilshunoslik" xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri.
Hayoti Akbarov Azamat Anvarovich 1977-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. Oʻrta maktabda dastlab fransuz tilini, keyin esa ingliz tilini oʻrgangan. 1995–1999-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olib, 1999–2001-yillarda shu universitetda magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan. 2002–2003-yillarda ikkinchi mutaxassislik sifatida Shvetsiyaning Dalarna universitetida siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 2009-yili Janubiy Koreyada ingliz tilshunosligi yoʻnalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Faoliyati Dastlab 1999–2001-yillarida Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat yuritgan. 2004–2006-yillarida Janubiy Koreyaning Pusan chet tillari universitetida Oʻrta Osiyo tadqiqotlari fakultetida o‘zbek tili, tarixi, madaniyati yoʻnalishida dars bergan. 2009–2016-yillar Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo shahridagi xalqaro Burch universitetida „Ingliz tili va adabiyoti“ kafedrasi mudiri, Pedagogika fakulteti dekani va 2012–2016-yillarda ushbu universitetning ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan.
2014-2016 yillari xalqaro amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining vitse-prezidenti, 2014-2016 yillari Bosniya va Gersegovina amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti, 2016-2018 yillari Qozogʻiston amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti boʻlgan.
2016–2018-yillarda „Al Farobiy“ nomidagi Qozoq milliy universiteti umumiy tilshunoslik va yevropa tillari kafedrasi professori lavozimida; 2018–2019-yillarda Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universitetida sharqshunoslik fakulteti professori lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan.
2019-yilda Samarqanddagi „Ipak yoʻli“ turizm xalqaro universitetiga proyektorlik lavozimiga taklif qilingan va u taklifni qabul qilib, shu yildan oʻz faoliyatini boshlagan. 2020-yilning yanvar oyiga kelib, soxta diplom tufayli proyektorlik lavozimidan boʻshatilgan. Sentyabr oyiga kelib esa soxta diplomi uchun emas, balki oʻz arizasiga koʻra ishdan ketganli haqida rasmiy maʼlumot berilgan.
2022-yildan „Boursa National“ kompaniyasi ijrochi direktori, 2023-yildan „Silk Road Research Academy“ ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritadi.
Ilmiy faoliyati Azamat Akbarov jami 27 ta ilmiy kitob muallifi hisoblanadi. 2004-yilda Janubiy Koreyada ilk bor oʻzbek tilini oʻrganayotgan talabalar uchun 200 betlik darslik yozgan. 2013–2018-yillarida oʻzbekistonlik oʻqituvchi-professorlar bilan hamkorlikda maqolalar yozgan. 2015-yilda "Chet tilini oʻrgatishdagi yondashuv va usullar: nazariyadan koʻnikmalargacha" (inglizcha: "The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications") nomli kitobi nashr etilgan.
Azamat Akbarov asos solgan FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) ilmiy konferensiyasi 2011–2016-yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017–2018-yillar Qozogʻistonda, 2019-yil Rossiya, 2020-yil Samarqandda, 2021-yilda Buxoro davlat universitetida oʻtkazilgan.
Kitoblari
2011-yil – Languages for Specific Purposes in Theory and Practice; 2012-yil – Communication Approach in English Through the Internet; 2014-yil – Multicultural Language Education : From Research into Practice; 2015-yil – The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications; 2016-yil – Current research on language learning and teaching: case study of Bosnia and Herzegovina; 2018-yil – Motivatsiya v izuchenii yazika : vzglyad s tochki zreniya obщey tendensii i individualnix razlichiy na urokax po izucheniyu vtorogo yazika: monografiya. Manbalar
Havolalar
Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston tilshunoslari Turkum:Filologiya fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari __INDEKS__