Andrey Medvedev (; 1974-yil 31-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional tennischi. Medvedev 1999-yilda Fransiya ochiq chempionatining finaligacha va 1993-yilda yarim finaligacha yetib borgan. Faoliyati davomida toʻrtta Masters turnirida gʻalaba qozongan. 1994-yil may oyida dunyoning 4-raqamli tennischisiga aylangan. Bu faoliyatidagi eng yuqori natija (reyting oʻrni) hisoblanadi.
Faoliyati 1991-yilda Medvedev oʻsmirlar oʻrtasidagi Fransiya ochiq chempionatidaning yakkalik yoʻnalishida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
1992-yilda, 17 yoshida, Medvedev Genuya va Shtutgartda oʻtkazilgan ATP Tour seriyasiga kiruvchi musobaqalarda chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shtutgertdagi turnirda oʻsha paytda jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turgan Stefan Edbergni magʻlub etgan. Mavsumni 25-oʻrinda yakunlagan.
Medvedevning eng muvaffaqiyatli turniri Gamburg Masters (sobiq Germaniya ochiq chempionati) hisoblanadi. Mazkur turnirda 3 marta (1994, 1995 va 1997-yillarda) gʻalaba qozonganSampras earns comeback success. The Independent. (17 May 2000).
1990-yillarning oxirida Medvedevning sport formasi va natijalari pasayib ketdi. 1999-yilgi Fransiya ochiq chempionatida 100-raqam ostida ishtirok etgan. Kutimaganda finalgacha yetib borgan. Finalgacha boʻlgan yoʻlda Dinu Pescariu, Pete Sampras, Byron Black, Arnaud Di Pasquale, Gustavo Kuerten va Fernando Meligenini magʻlub etganFinn, Robin (5 June 1999) Medvedev, a Finalist at the French Open, Can Feel the Love. The New York Times.. Medvedev finalda Andre Agassiga qarshi bahs olib borgan. Finalning dastlabki ikki setida gʻalaba qozongan. Lekin keyingi 3 ta setda Agassi gʻalaba qozonib, musobaqa chempioniga aylanganString Quartet . Sportsillustrated.cnn.com (14 June 1999). Retrieved on 22 February 2014.. Shundan keyin Medvedev boshqa aytarli natijalarga erisha olmagan va 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.
Shaxsiy hayoti Andreyning singlisi Natalya Medvedeva. 1995-yilda yettinchi marotaba oʻtkazilayotgan Hopman kubogida Andrey Medvedev va Natalya Medvedeva aralash juftlik bahslarida Ukraina sharafini himoya qilishgan. Finalda germaniyalik Boris Becker va Anke Huberga juftligiga magʻlub boʻlishganPast Results — Hopman Cup VII. Hopmancup.com (4 January 2014). Retrieved on 22 February 2014.. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar