Lissabon markaziy masjidi () Portugaliyaning Lissabon shahridagi bosh masjid boʻlib, poytaxtdagi islom jamoatchiligiga xizmat qiladi. Masjid Turkiyadan boshqa hududda joylashgan Yevropadagi uchinchi yirik masjiddir. Bino 2019-yilgi Rafael Manzano mukofoti sovrindori, arxitektorlar Antonio Mariya Braga va João Paulo Konseysao tomonidan ishlab chiqilgan; uning tashqi tomonida toʻrtta minora va ikkita gumbazyaqqol koʻzga tashlanadi. Masjidda qabul zallari, namozxonlar zali va auditoriya mavjud. Markaziy masjid qoshida mahalliy musulmonlar jamiyati vakillariga moliyaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish uchun kengash tuzilgan.
Tarixi Markazni qurish uchun ruxsat 1966-yilda soʻralgan. U 1973-yilgi neft inqirozidan keyin 1978-yilga qadar berilgan, bu orqali arab neft ishlab chiqaruvchi davlatlar iqtisodiy va siyosiy mavqeini oshirgan. Tuzilma nihoyat 1985-yilda ochilgan.
Yana qarang
Portugaliyada islom Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Portugaliyadagi masjidlar Turkum:1985-yilda qurib bitkazilgan masjidlar