Tomer Hemed (1987-yil 2-mayda tugʻilgan) — isroillik professional futbolchi, Isroil Premer-ligasidagi „Makkabi Xayfa“ klubi va Isroil terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Hemed Isroilning Kiryat Tiv’on shahrida, kelib chiqishi Suriyalik yahudiy boʻlgan oilada tugʻilgan. Hemedning otasi Ashkenazi yahudiy boʻlib, onasi kelib chiqishidan Polshalik boʻlgan. Natijada, Hemed Polsha pasportini ham olgan, bu esa uni Yevropa ligasiga koʻchirishni osonlashtirgan. Eng eʼtiborlisi shuki, Hemed 2018-yil sentyabr oyida u „Milluoll“ klubiga qarshi oʻyinda jamoadoshi „Kuinz Park Reynjers“ning oʻrniga maydonga tushdi, shu paytda yahudiylarning muqaddas Yom kunining 24 soatlik roʻza davri tugaguniga qadar, ovqat yeyishdan hattoki mashq qilishdan oʻzini tiya olgan. Roʻzasini ochib boʻlgach, oʻyinga kechikib tushgan.
Mallorcadagi faoliyati 21 iyun 2011-yil 21-iyun kuni Hemed Ispaniya La Liga klubi RCD Mallorca bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U 28-avgust kuni asosiy Ispaniya futbol ligasida birinchi uchrashuvini oʻtkazdi, shuningdek, RCD Espanyol qarshi 1-0 oʻyinida Mallorca klubi zafar quchdi.
Hemed 1-oktyabr kuni birinchi golini kiritdi. CA Osasuna bilan 2-2 boʻlgan jangovar durrangda, ikkita gol kiritdi. Hemed shuningdek, Copa del Rey debyutida ikkita gol urdi. Keyingi yilning 10-yanvar kuni Real Sociedad ustidan uning jamoasi 6-1 bilan muvofaqqiyatli oʻyin oʻtkazdi.
Almeríadagi faoliyati 2014-yil 2-iyul kuni Hemed UD Almería jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaning birinchi ligasiga qaytdi. Dastlabki oʻyinlarida gol urish uchun kurashganidan soʻng, Hemed ilk golini 4-oktyabr kuniiAndalusiyalikl jamoa Elche darvozasiga kiritdi.
2015-yil yanvar oyida Hemed Malaga CF (2-1 gʻalaba) va Valensiya CF (2-3 gʻalaba), oʻzining gollari sonini oltiga yetkazdi. Tomor Hemed bu yilg musobaqani sakkizta gol bilan yakunladi shu bilan birga, u klubning eng yaxshi toʻpurari b’lishiga qaramay, uning jamoasi quy ligaga tushib ketdi.
Xalqaro faoliyati Hemed 17,18 va 19 yoshlilar oʻrtasida otkaziladigan ligada qatnashgan. 2011-yil yanvar oyida Hemed „FC Dynamo Kyiv“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazishi uchun Isroil milliy jamoasi chaqirilgan. Hemed 26 yoshida ilk debyutini oʻtkazdi va uning jamoasi 3-2 hisobida gʻalaba qozondi.
2011-yil may oyida Hemed milliy jamoada Latviyaga qarshi oʻyin oʻtkazish uchun umumiy guruhga chaqirilgan. 4-iyun kuni u oʻzining xalqaro debyutida oʻynadi va 2-1 gʻalabasida unga Yossi Benayoun gol kiritishga yordam berdi.
Hemed 6-sentabr kuni birinchi xalqaro golini kiritdi, lekin Xorvatiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda 1-3 hisobi bilan Hemedning jamoasi magʻlubiyatga uchradi. Hemed keyingi yilning 12-oktabrida Lüksemburgga qarshi 6-0 oʻyinida ham hat-trick yaʼni uchta gol kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Isroillik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Maccabi Haifa F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Herzliya F.C. futbolchilari Turkum:Bnei Yehuda Tel Aviv F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Ahi Nazareth F.C. futbolchilari Turkum:RCD Mallorca futbolchilari Turkum:UD Almería futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Queens Park Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Wellington Phoenix FC futbolchilari Turkum:Western Sydney Wanderers FC futbolchilari Turkum:Hapoel Be'er Sheva F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar