2024-yil 19-mayda Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) davlat toʻntarishiga urinish boʻlib oʻtgan. Prezident Félix Tshisekedi va uning Iqtisodiyot vaziri Vital Kamerheni nishonga olgan kuchli qurollangan bosqinchilar Palais de la Nation va Kamerhe qarorgohiga hujum qilishgan. Bu bilan bir vaqtda Kongo Respublikasi (RCh) poytaxti Brazzavilda portlagan jangovar snaryadlar ham bir nechta halokatlarga sabab boʻlgan.
Toʻntarishga harakatlar xavfsizlik kuchlari tomonidan tezda toʻxtatilgan. Toʻntarishning asosiy boshqaruvchisi, asli kongolik Amerika fuqorosi Christian Malanga 2010-yilda AQShda roʻyxatdan oʻtgan Birlashgan Kongo partiyasiga asos solgan va 2017-yilda Belgiyada oʻzini Yangi Zair hukumatining prezidenti deb eʼlon qilgan. U urunishlar paytida oʻldirilgan.
Kelib chiqishi Davlat toʻntarishiga urinish prezident Félix Tshisekedining hukmron partiyasini qamrab olgan siyosiy inqiroz davrida yuz beradi. Inqiroz avvaliga 2024-yil 18-mayga belgilangan, ammo keyinroq kechiktirilgan. Bunga parlament rahbariyati uchun oʻtkazilgan saylovlar sabab boʻlgan. Nishonga olingan siyosatchilardan biri Tshisekedining ittifoqchisi, Milliy Assambleya prezidentligi uchun daʼvogarlik qilayotgan iqtisodiyot vaziri Vital Kamerhe edi.
Voqealar Poytaxt Kinshasada 19-may taxminan soat 04:30 da hujumchilar kirishga muvaffaq boʻlgan Palais du Peuple yaqinida avtomatlar tutgan, kamuflyaj kiygan erkaklar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boʻlayotganligi haqida xabar berilgan. Boshqa tarafdan yigirma kishi Vital Kamerxening Gombe kommunasida joylashgan Tshatshi Boulevard qarorgohiga hujum qiladi va qoʻriqchilarning qarshiligiga duch kelishadi. Shuningdek, prezident qarorgohi kirish qismi boʻlmish Palais de la Nation yaqinida ham otishma ovozlari eshitiladi.
Kamida 50 kishi, jumladan 3 nafar AQSh fuqarosi davlat toʻntarishiga urinishda ayblanib hibsga olingan. Ulardan baʼzilari oʻzi bilan Kanada pasportini ham olib yurgani xabar qilingan.
Hujumchilar Mobutu diktaturasi davrida maʼlum boʻlgan Zaire bayroqlarini koʻrsatishgan. Hujumchilarning baʼzilari kiyimida AQSh bayrogʻi tushirilgan yamoqlar borligi aytilmoqda. Ular rejim oʻzgarishini koʻrishni istashlarini maʼlum qilishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlarda, AK47 bilan qurollangan harbiy uchoqdagi, ingliz tilida „yoʻqolsin Tshisekedi“ () deb hayqiyotgan erkaklar aks etgan. Christian Malanga oʻzining Facebook sahifasida Palais de la Nation kiraverishida Zair bayrogʻini tutib olgan, kamuflyaj kiygan erkaklar tasvirlangan videoni joylagan.
Keyinchalik Kongo armiyasi zirhli mashinalar bilan Kinshasaga kirib borgan. Palais du Peuple va poytaxtning boshqa qismlarida yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilgan.
Qurbonlar Kamerhe qarorgohini qoʻriqlayotgan ikki politsiyachi va toʻrt nafar jangchi, jumladan, ularning rahbari Christian Malanga toʻntarishga urinish vaqtida oʻldirilgan. Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasadan otilgan snaryad Kongo daryosi boʻylab uchib oʻtib, Kongo Respublikasining poytaxti Brazzavilga tushishi natijasida bir necha kishi jarohatlangan.
Tekshiruvlar Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bosqinchilarning Christian Malanga bilan bogʻliqligi aniqlanmaguncha Kongo harbiylari aʼzolari boʻlgan degan taxminda boʻlishganUS-Amerikaner und Briten laut Armee an Putschversuch beteiligt , Die Zeit, 20 May 2024. Malanga 1990-yillarning oxirida Kongo Demokratik Respublikasidan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va armiya ofitseri sifatida xizmat qilish uchun Kongo Demokratik Respublikasiga qaytishdan oldin Yuta shtatida avtomobil sotuvchisi boʻlib ishlaganTad Walch, Former Utah car salesman killed, son arrested after failed Congo coup, Desert News (May 23, 2024).. Malanga 2012-yilda oʻtgan yili KDRdagi davlat toʻntarishiga urinishdan keyin surgun qilingan edi. Surgunda u oʻzini „Yangi Zair“ prezidenti deb eʼlon qiladi va Kongo Birlashgan partiyasiga asos solib, uni „surgundagi muxolifat siyosiy partiyasi“ deb ataydi. Kongo armiyasi vakili dastlab Malanga fuqarolikka qabul qilingan AQSh fuqarosi ekanligini aytib oʻtgan. Ammo AQSh Davlat departamenti Malanga AQSh fuqaroligini olganiga hech qanday dalil yoʻqligini taʼkidlaganDepartment Press Briefing – May 28, 2024, U. S. Department of State..
Munosabatlar Afrika Ittifoqi komissiyasi rahbari Moussa Faki davlat toʻntarishiga urinishni keskin qoralab, Kongo xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilganligini ajoyib ish sifatida eʼtirof etishgan.
Manbalar
Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar