Yusufjon Husayinov (1983-yil; Toshloq tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – iqtisodchi, 2022–2024-yillarda Bagʻdod tumani hokimi boʻlgan.
Hayoti Yusufjon Husayinov Akbaraliyevich 1983-yilda Toshloq tumanida tavallud topgan. 2000–2004-yilllarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olib, 2005-yildan iqtisod tizimida oʻz faoliyati boshlagan.
2020–2022-yillarda Fargʻona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2022-yil 24-yanvarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimiga taʼyinlangan. 2024-yil 19-fevralda esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Manbalar
Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari Turkum:Bagʻdod tumani hokimlari __INDEKS__