Made In the A. M. – ingliz-irland guruhi One Directionning beshinchi va eng soʻnggi studiyo albomi boʻlib, 2015-yil 13-noyabrda Columbia Records va Syco Music bilan hamkorlikda chiqarilgan. Ushbu albom Zayn Malik guruhni tark etganidan keyin birinchi va 2016-yilda faoliyatini yakunlagan guruhning soʻnggi albomidir. Albom uchta singlni oʻz ichiga olgan boʻlib bular 2015-yil 31-iyul kuni chiqarilgan „Drag Me Down“ , 16-oktabr kuni taqdim etilgan "Perfect " va 6-noyabr kuni chiqarilgan "History " singlilaridir. Ushbu uchta singl bir qator milliy chartlarda oʻntalikka kiritilgan.

Albom chiqarilishi bilan musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanadi. U 93,189 nusxada sotilgan holda UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egalladi va AQShning Billboard 200 chartida 402,000 nusxa sotilgan holda ikkinchi oʻrinni zabt etdi, faqatgina 459,000 nusxada sotilgan Justin Bieberning Purpose albomi birinchi haftadagi sotuvi jihatdan ulardan oldingi oʻrinda edi. Albomning birinchi haftadagi savdolari guruhning oldingi albomi Fourga qaraganda pastroq boʻlishi kutilgan, biroq bu taxminlar oʻzini oqlamadi va albom birinchi haftaning oʻzida 387 ming nusxada sotildi. Bundan tashqari Made in the A. M. Buyuk Britaniyada 2015-yilning eng tez sotilgan ikkinchi albomi boʻldi, bu borada ular faqat Adelening 25 nomli albomidan ortda qolishdi. International Federation of the Phonographic Industry maʼlumotlariga koʻra Made in the A. M. 2015-yilning eng koʻp sotilgan oltinchi albomi boʻlib, butun dunyo boʻylab 2,4 million nusxada sotilgan.

Yaratilish tarixi Albom chiqarilishi haqida yangiliklar 2015-yilning 22-sentyabrida rasman eʼlon qilindi. „Drag Me Down“ singli chiqarilganidan soʻng, 2016-yilda guruh faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatishi eʼlon qilinadi. 22-sentyabr kuni beshinchi albomning nomi Made in the A. M. boʻlishi maʼlum boʻldi. Guruh Snapchatdagi akkauntida qoʻshiqlar roʻyxatini joylay boshlashadi va keyinchalik bu xabar iTunesda oʻz tasdigʻini topadi. Guruh aʼzolari bu ularning eng yaxshi ishlari deb hisoblashlarini aytishgan.

Singllar "Drag Me Down" 2015-yil 31-iyul kuni albomning dastlabki singli sifatida taqdim etildi. U UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egalladi va birinchi haftada 2,03 million marta eshitilgan holda rekordni yangiladi. AQShdagi Billboard Hot 100 chartida qoʻshiq uchinchi oʻrinni egalladi va birinchi haftada jami 350 ming marotaba yuklab olindi. Bu esa guruh uchun eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. „Perfect“ 2015-yil 16-oktyabr kuni albumning ikkinchi singli sifatida chiqarildi. Qoʻshiq Buyuk Britaniyadagi chartda ikkinchi va Billboard Hot 100 chartida oʻninchi oʻrinni egalladi. Albom chiqarilgandan soʻng beshta qoʻshigʻi Hot 100da 10talikka kiritildi va bu bilan ular The Beatlesning natijasini yangiladi.

Tijorat natijalari Buyuk Britaniyada Made in the A. M.ning birinchi haftadagi savdolari 93,189 tani tashkil qilib UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egalladi. Bu ularning chartda bunday natijani qayd etgan toʻrtinchi albomi boʻlib, Justin Bieberning Purpose albomi chiqarilgunga qadar 2015-yil eng tez sotilgan albom boʻlib turdi. Albom birinchi haftada British Phonographic Industry (BPI) tomonidan kumush sertifikatini olgan va 2016-yilning 1-yanvar kuni 300 ming nusxada sotilgan holda platina sertifikatni qoʻlga kirtadi. 2020-yil iyul oyi maʼlumotiga koʻra albom sotuv koʻrsatkichi AQShda jami 2 million nusxaga yetgan.

Treklist

Manbalar

Turkum:2015-yil albomlari Turkum:One Direction albomlari