The Garden of Eden – Ernest Heminguwayning 1986-yilda, vafotidan keyin nashr etilgan ikkinchi romani. Hemingway romanni yozishni 1946-yilda boshlagan va keyingi 15 yil davomida uning qoʻlyozmalari ustida ishlagan. Shu vaqt ichida u Chol va dengiz, The Dangerous Summer, A Moveable Feast va Islands in the Stream asarlarini ham yozgan.
Asosiy mavzusi The Garden of Eden Hemingwayning erkak va ayol munosabatlarini oʻrganishi, androgin belgilarga hamda gender rollarining oʻzgarishiga qiziqishini koʻrsatadi.
Hemingwayning tarjimai holi haqida yozgan yozuvchi James Mellowning taʼkidlashicha, ushbu asar gʻoyalari Hemingwayning asarni yozguniga qadar oʻy-xayollarida aniq boʻlib ulgurmagan. Catherine Bourne esa Davidni sochlarini uning rangiga boʻyashga koʻndiradi, demak, ular egizaklar va androginlardir deb fikr bildirib oʻtgan.
Mavzusi va nashr etilishi Mellowning taʼkidlashicha, asarning kelib chiqishi Hemingwayning ikkinchi rafiqasi Pauline Pfeiffer bilan asal oyi paytida va Hadley Richardson bilan ajrashganidan koʻp oʻtmay boshlangan. Erkak qahramonning yosh yozuvchi, ayolning esa jozibali, hayajonli, boy tasviri Le Grau-dyu-Roida Paulin bilan oʻtkazgan kunlarini aks ettiradi.
Roman 1986-yilda oʻlimidan soʻng ancha qisqartirilgan holda nashr etilgan. Hemingway The Garden of Eden asarini 1946-yilda boshlagan va 800 sahifasini yozgan. 15 yil davomida u tugallanmagan roman ustida ishlashni davom ettirgan. The Garden of Eden asarining qoʻlyozmasi har xil uzunlikdagi bir-biriga mos kelmaydigan uchta qoralamalarda boʻlgan hamda ularning eng uzuni nashr etilgan matn uchun asos boʻlib tanlangan. 1986-yilda nashr etilganda roman 30 bob va 70,000 soʻzdan iborat edi. Nashriyotning eslatmasida romanga qisqartirishlar qilingani tushuntiriladi va Hemingway 48 bob va 200,000 soʻzli asar yozgani eslatib oʻtiladi. Scribner saqlanib qolgan qoʻlyozmaning uchdan ikki qismini va bitta uzun subplotni olib tashlagan.
Hemingwayning toʻqqizinchi romani boʻlgan The Garden of Eden 1986-yilda, oʻlimidan chorak asr oʻtib nashr etilgan. Scribner romanni 1986-yil may oyida 100,000 nusxada nashr etdirdi.
Qabul qilinishi The Garden of Eden asarining nashr etilishi qoʻlyozma tahriri tufayli koʻplab munozaralarga sabab boʻldi. Susan Seitzning taʼkidlashicha, bu romanda Hemingway tahrirda yoʻqolgan yangi yoʻnalishni yaratgan. Uning fikricha, tahrirlash standartlarga toʻgʻri kelmaydigan boʻlib, katta satrlar, sahnalar va butun boblar qisqartirilgan, Hemingway tashlab yuborgan qoʻlyozma materiallari qoʻshilgan, sahnalar va dialoglar oʻzgartirilgan. Uning taʼkidlashicha, Hemingwayning bu asardagi niyatlarini u xohlagandek aks ettirmagan. The New Republic nashri muxbiri Barbara Probst Solomon buni oʻzboshimchalik bilan foydalanish deb qoralab, men Hemingwayning noshiri adabiy jinoyat sodir etgani haqida xabar bera olaman deb fikr bildirgan.
Shunga qaramay, roman Harold Bloomning Gʻarb kanonini oʻz ichiga olgan kitoblar roʻyxatiga Alvido, qurol! va Quyosh baribir chiqaveradi asarlari bilan birga kiritilgan.
Filmga moslashtirilishi 2008-yilda RomaCinemaFest koʻrgazmasida The Garden of Eden asarining filmga moslashuvi premyera qilingan va Buyuk Britaniyada cheklangan miqdorda namoyishi boʻlgan. Screen International sayti filmni chegaralarni buzub yuboruvchi drama deb atadi. Film 2010-yil dekabr oyida tanlangan kinoteatrlarda premyara qilina boshlandi. Jamoa tarkibida Jack Huston, Mena Suvari, Caterina Murino, Richard E. Grant va Carmen Maura ishtirok etdi. Uni John Irvin boshqargan. Moslashtiruv The Paris Review jurnalining sobiq muharriri James Scott Linville tomonidan yaratilgan. 2011-yil mart oyida film iTunes va boshqa platformalar orqali keng omma uchun sotuvga chiqdi.
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar Hemingway Archives, John F. Kennedy Library