Jabrin () – Ummon Sultonligining shimoli-sharqiy qismida, Nizva va Jabal-Ahdar togʻlari yaqinidagi Doxiliya muhofazasida joylashgan kichik shaharcha.
Shahar oʻzining oʻzgacha qal’asi bilan mashhur boʻlib, uahbu qal’a 1679-yildan 1692-yilgacha hududda hukmronlik qilgan Yoruba sulolasi imomi Bil’arab ibn Sulton tomonidan qurilgan, imomning oʻzi ham aynan oʻsha yerga dafn etilgan. Qal’aga kirishda taqdim etiladigan va taxminan 25 daqiqa davom etadigan audio qoʻllanma orqali u yerga mustaqil ravishda tashrif buyurish mumkin.
Galereya
Manbalar
Havolalar
ArchNet Turkum:Ummon Sultonligi geografiyasiga oid chala maqolalar