Kipriksimon mushak (siliar mushak deb ham ataladi) koʻzning oʻrta qatlami boʻlgan tomirli pardada silliq mushak halqasi shaklida hosil boʻlgan koʻzning ichki muskullari guruhidirGest, Thomas R; Burkel, William E. „Anatomy Tables – Eye.“ Medical Gross Anatomy. 2000. University of Michigan Medical School. January 5, 2010 Umich.edu Schachar, Ronald A. (2012). . Kipriksimon mushaklar turli masofalardagi obyektlarni koʻrish uchun akkomodatsiyani amalga oshiradi va Schlemm kanaliga koʻz ichi suyuqligi oqimini tartibga soladi. Shuningdek, u koʻz gavharining shaklini oʻzgartiradi, lekin qorachiq oʻlchamini oʻzgartirmaydi, bu vazifa qorachiqni toraytiruvchi va qorachiqni kengaytiruvchi mushaklar tomonidan amalga oshiriladi.

Tuzilishi

Rivojlanishi Siliar mushak xorioidea ichidagi mezenximadan rivojlanadi va kranial nerv nayi hosilasi hisoblanadi.

Nerv taʼminoti thumb|380x380px| Siliar nervlarning parasimpatik tolalari siliar gangliy bilan birgalikda. Kipriksimon mushak, kipriksimon nerv tugunidan paydo boʻlgan qisqa siliar nervlarning parasimpatik tolalari orqali innervatsiya qilinadi. Parasimpatik postganglionar tolalar V1 bosh miya nervi (uch shoxli nervning nazosiliar tarmogʻi) tarkibiga kiradi, presinaptik parasimpatik tolalar esa okulomotor nerv (3-juft bosh miya nervi) bilan siliar nerv tuguniga boradi. Postganglionar parasimpatik nerrv tolalari siliar nerv tugunidan chiqadi.

Edinger-Westphal yadrosidan kelib chiqadigan presinaptik parasimpatik signallar III bosh miya nervi (okulomotor nerv) tomonidan olib boriladi va qisqa siliar nervlar orqali yoʻnaladigan postganglionar parasimpatik tolalar orqali siliar gangliydan oʻtadi va kipriksimon tana va kamalak pardani innervatsiya qiladi. Parasimpatik M3 muskarinik xolinoretseptorlarining qoʻzgʻalishi siliar mushaklarning qisqarishiga olib keladi. Qisqarish natijasida siliar mushak halqasining diametri qisqarib, Zinn tolalarining boʻshashishiga olib keladi, natijada gavhar sharsimon shaklga kirib, yaqindan koʻrish uchun yorugʻlik sindirish kuchini oshiradi. 

Gavharning yuqori darajadagi akkomodatsiyasi talab qilinganda, masalan, kitob oʻqish kerak boʻlganda, parasimpatik nerv sistemasi dominant boʻladi.

Funksiyasi

Akkomodatsiya Siliar mushaklar tolalari dumaloq (Ivanoff), boʻylama (meridianal) va radial yoʻnalishga egaRiordan-Eva Paul, „Chapter 1. Anatomy & Embryology of the Eye“ (Chapter). .

Hermann von Helmholtz nazariyasiga koʻra, dumaloq siliar mushak tolalari koʻzning zonulyar tolalariga (akkomodatsiya paytida gavharni ushlab turadigan tolalar) taʼsir qilib, yorugʻlikka fokusni toʻgʻirlash uchun gavhar shaklini oʻzgartirish imkonini beradi. Siliar mushaklar qisqarganda, gavhar oldinga tortiladi va koʻz oldingi sohasini koʻz oʻqi tomon siljitadi. Bunda Zinn tolalari (gavharni ushlab turadigan yoki yassilaydigan zonulyar tolalar) tarangligining pasayishi gavharning qisqa masofali fokusga moslashib, sharsimon shaklga kirishiga olib keladi. Aksincha, siliar mushaklarning boʻshashishi Zinn tolalarini taranglashishiga olib keladi, natijada gavhar yassilashib, fokus masofasini oshiradi, inson koʻzi uzoq masofali buyumlarni koʻrishga moslashadi. Helmholtz nazariyasi 1855-yildan beri keng qabul qilingan boʻlsa-da, uning mexanizmi hali ham munozarali boʻlib qolmoqda. Akkommodatsiyaning boshqa muqobil nazariyalari L. Jonson, M. Tscherning va Ronald A. Schachar tomonidan taklif qilingan.

Trabekulyar toʻr teshiklari oʻlchamini oʻzgartirish Koʻzning old kamerasidagi trabekulyar toʻrga kiruvchi boʻylama mushak tolalarning qisqarishi va boʻshashishi, mos ravishda, toʻr teshiklari hajmining ortishi va kamayishiga olib keladi, natijada Schlemm kanaliga koʻz ichi suyuqligining oʻtishini osonlashtiradi yoki toʻsqinlik qiladiSalmon John F, „Chapter 11. Glaucoma“ (Chapter). .

Klinik ahamiyati

Glaukomada Ochiq burchakli va yopiq burchakli glaukomani M-xolinoretseptorlar agonistlari (masalan, pilokarpin) bilan davolash mumkin, bu preparatlar siliar mushaklarning tez miozi va qisqarishiga olib keladi, trabekulyar toʻrni ochadi, koʻz ichi suyuqligining drenajlanishini osonlashtiradi. Schlemm kanaliga kirib, oxir-oqibat koʻz ichi bosimini pasaytiradiLe, Tao T.; Cai, Xumei; Waples-Trefil, Flora. .

Tarixi

Nomlanishi Siliar soʻzi taxminan 1685—1695 yillarda paydo boʻlgan"cilia", Unabridged. . Cilia atamasi bir necha yil oʻtgach, 1705—1715 yillarda paydo boʻlgan va yangi lotin tilida bu soʻzning koʻplik shakli cilium kiprik maʼnosini anglatadi. Lotin tilida cilia yuqori koʻz qovogʻini anglatadi va baʼzi hollarda qosh degan maʼnoni anglatuvchi supercilium'''ning bir qismi ham hisoblanadi. -ary qoʻshimchasi dastlab oʻrta ingliz (-arie), qadimgi fransuz (-er, -eer, -ier, -aire, -er) va lotin (-ārius) tillaridan olingan soʻzlarda paydo boʻlgan; u turli soʻzlarda ishlatilishiga koʻra „tegishli, bogʻlangan“, „hissa qoʻshadigan“, „maqsadida“ maʼnolarini bildirishi mumkinDictionary.com, „-ary“, in The American Heritage Dictionary of the English Language, Fourth Edition. . Umumiy olganda, cili(a)-ary'' soʻzi koʻz ichidagi va uning atrofidagi turli xil anatomik tuzilmalarga, yaʼni kipriksimon tanaga va koʻz gavharining halqasimon tayanch apparatiga taalluqlidir"ciliary, " in Dictionary.com Unabridged. .

Qoʻshimcha rasmlar

Yana qarang

Presbiopiya Kipriksimon tana

Manbalar

Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Koʻz Turkum:Tibbiyot Turkum:Oftalmologiya Turkum:Anatomiya