„Double Fantasy“ – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning amerikalik rapper Future ishtirokidagi qoʻshigʻi. U XO va Republic Records orqali 2023-yil 21-aprel kuni chiqarilgan va dastlab HBO ga tegishli dramatik serial – The Idolning The Idol, Vol. 1 nomli (bekor qilingan) albomning yetakchi singli boʻlishi kerak edi. Keyinchalik bu qoʻshiq The Idol Episode 2 (Music from the HBO Original Series) ga kiritildi. Qoʻshiqni Future, The Weeknd, Metro Boomin va Mike Dean yozgan va Futuredan tashqari qolgan ijodkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Trek John Lenon va Yoko Ononing 1980-yilgi shu nomli studiyaviy albomi sharafiga shunday nomlangan.
Chiqarilishi va qoʻllab-quvvatlanishi 2023-yil 10-aprel kuni The Weeknd John Lenonning 1971-yilgi „Jealous Guy“ singlining hali taqdim etilmagan kaveri va „Double Fantasy“ning bir qismini Instagramdagi jonli efirda eshittirdi. Toʻrt kundan soʻng, u prodyuser Metro Boomin ishtirokidagi Coachella 2023 da qatnashdi, festivalda u qoʻshiqning oz qismini ijro etdi; ikki kun oldin esa qoʻshiqning nomini eʼlon qilgan edi. 2023-yil 19-aprel kuni u qoʻshiqning muqovasini taqdim etdi va chiqarilish sanasini eʼlon qildi. Ikki kundan keyin, qoʻshiq chiqarilgan kunning oʻzida, Metro Boominning Coachelladagi ikkinchi chiqishida Abel trekni ijro etdi.
Musiqiy video "Double Fantasy"ning rasmiy klipi 2023-yil 21-aprel kuni qoʻshiq chiqarilganida namoyish etildi. Future videoda paydo boʻlmaydi, lekin u The Idolning ommaga taqdim etilmagan sahnalari bilan boʻlishadi.
Treklar roʻyxati
Chartlar
Haftalik chartlar + „Double Fantasy“ haftalik chartlardagi oʻrni Chart (2023) Eng yuqorioʻrin Australia Hip Hop/R&B (ARIA) 4Greece International (IFPI) 1 Iceland (Plötutíðindi) 13 Japan Hot Overseas (Billboard Japan) 8 Latvia (LAIPA) 7 Lebanon (Lebanese Top 20) 4 Lithuania (AGATA) 8 Luxembourg (Billboard) 7 MENA (IFPI) 14 Poland (Polish Streaming Top 100) 24 Romania (Billboard) 18 Singapore (RIAS) 17 South Africa (Billboard) 24 South Korea BGM (Circle) 106 South Korea Download (Circle) 179 Vietnam (Vietnam Hot 100) 31
Yil yakunlari boʻyicha chartlar + „Double Fantasy“ning yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2023) Oʻrin US Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 95
Sertifikatsiya +"Double Fantasy"ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAvstraliya (ARIA)Oltin35,000
Chiqarilish tarixi +"Double Fantasy"ning chiqarilish tarixiHududSanaFormatLeyblTurli xil2023-yil 21-aprelAQSh2023-yil 25-aprelContemporary hit radio
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:2023-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Future qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:XO (yozuv leybli) singllari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar