thumb|Manicaland viloyati tumanlarining xaritasi right|thumb|220x220px|Mutare tumani Zimbabve sharqiy chegarasida joylashgan (xaritani kengaytirish uchun bosing) Mutare tumani – Zimbabve sharqidagi Manicaland viloyatida joylashgan tuman. Hududning markazi – Mutare shahridir.
Geografiyasi Hududning tarkibidagi qishloq maydoni 5,523 km2 va shaharlar maydoni esa 191 km2 ni tashkil etadi. Mazkur hudud sharqda Mozambik, shimoli-sharqda Mutasa, shimoli – gʻarbda Makoni, janubi-gʻarbda Buhera hamda janubi-sharqda Chimanimani tumanlari bilan chegaradosh.
Mutare shahri viloyatning shimoli-sharqiy burchagida, Mozambikning chegarasiga yaqin hududda joylashgan. Mutare – tumanning eng yirik shahri va ushbu shahar Zimbabvedagi toʻrtinchi oʻrinda turuvchi yirik shahardir.
Aholisi 2022-yilda roʻyxatga olingan hisob-kitoblarga koʻra tumanning qishloq joylarida aholi soni 306 ming 760 kishiga teng. Mutare shahrining aholisi esa 224 802 kishini tashkil etganCitypopulation.de Population of provinces and districts in Zimbabwe.
Transporti Harare shahridan Mozambikdagi Beira portigacha boʻlgan yoʻl (R5, yoki eski raqamlash tizimida A3) asosiy hisoblanib, sharqiy-gʻarbiy qismi Mutare tumanidan oʻtib, xalqaro chegaralar Mutare shahrining sharqini kesib oʻtadi.
Beira-Bulawayo temir yoʻli alohida temir yoʻl stansiyasiga ega boʻlib, mazkur temir yoʻl ham Mutare shahri orqali oʻtadi.
Manbalar
Turkum:Zimbabve Turkum:Zimbabve tarixi