Lukas Okechukwu Nmecha (1998-yil 14-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi VfL Wolfsburg va Germaniya terma jamoasi hujumchisi.

Nmecha Germaniyaning Gamburg shahrida tugʻilgan, ammo bolaligida oilasi bilan Angliyaga koʻchib oʻtadi.

Karyerasi

Manchester City U Whytenshawe boshlangʻich maktab jamoasidagi oʻyinlarini koʻrgan Mancgester City skautlari uni klubga jalb qilishadi. Yoshlar jamoasida 10 yildan ortiq toʻp surgan futbolchi 2017-yil 19-dekabrda Liga kubogi doirasidagi oʻyinda asosiy jamoa tarkibida debyutini oʻtkazadi.

Premyer liga doirasidagi debyutini esa 2018-yil 29-aprel kuni Gabriel Jesus oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazadi.

Preston North End (ijara) Nmecha 2018-19-yilgi mavsumni Preston North End jamoasida ijara asosida oʻtkazadi.

VfL Wolfsburg (ijara) 2019-yil 3-avgust kuni Nmecha Bundesliga jamoasi VfL Wolfsburg bilan bir mavsumga moʻljallangan shartnoma imzolaydi.

Middlesbrough (ijara) 2020-yilning 3-yanvarida ijara shartnomasi yakunlangan Nmechakeyinchalik mavsum yakuniga qadar Middlesbrough safiga borib qoʻshiladi.

Anderlecht (ijara) 2020-yilning 21-avgustida Nmecha sobiq jamoadoshi Vincent Kompanyning jamoasi Anderlecht tarkibiga borib qoʻshiladi. 2020-yil 13-sentabr kuni esa u Belgiya klubi safidagi debyut golini kiritadi. Hujumchi ushbu mavsumda 37 ta oʻyin oʻtkazib 18 gol muallifiga aylanadi.

VfL Wolfsburg Nmecha sobiq jamoasi VfL Wolfsburg bilan 2021-yil 16-iyul kuni doimiy shartnoma imzoladi. U 21-avgust kuni boʻlib oʻtgan Hertha Berlinga qarshi oʻyinda Bundesligadagi debyut golini kiritadi.

Terma jamoadagi faoliyati Onasi nemis, Otasi nigeriyalik boʻlgan futbolchi Gamburgda tugʻilgan, ammo Angliyada ulgʻaygan. Nmecha Nigeriya, Germaniya va Angliya terma jamoalari uchun oʻynash huquqiga ega.

Angliya 2014-yil oktyabr oyida Nmecha Makedoniyaga qarshi saralash oʻyinida Angliya U-17 safidagi debyut golini kiritadi. Nmecha 2017-yilda boʻlib oʻtgan U-19 Yevropa chempionatida ham inglizlar tarkibidan joy oladi.

2018-yil 18-may kuni Nmecha Toulon Tournament turniri uchun Aidy Boutroyd boshqaruvi ostidagi Angliya U-21 jamoasidan ilk chaqiruvni oladi. 2018-yil noyabr oyida esa futbolchi Germaniya U-20 jamoasiga qarshi kechgan bahsda gol muallifiga aylanadi.

Germaniya 2019-yil mart oyida Nmecha Germaniya terma jamoasini tanlaganini maʼlum qiladi va U-21 jamoasi tarkibiga kirtiladi. U 2019-yil 26-mart kuni Bournemouthda kechgan Angliyaga qarshi uchrashuvda ushbu jamoa safida debyut qiladi.

U asosiy jamoa safidagi debyutini Lixtenshteynga qarshi kechgan Jahon Chempionati saralashi doirasidagi oʻyinda oʻtkazadi.

Statistikasi

Klub

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarManchester City2017–18Premyer Liga2030Preston North End (ijara)2018–19Chempionship414444VfL Wolfsburg (ijara)2019–20Bundesliga60120Middlesbrough (ijara)2019–20Chempionship110130Anderlecht (ijara)2020–21Belgian Pro League37184121VfL Wolfsburg2021–22Bundesliga25831102022–23Bundesliga1641842023–24Bundesliga3142Umumiy44135316Umumiy1413516843

Terma jamoa

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarGermaniya202120202250Umumiy70

Manbalar

Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar