Google Page Creator – Google tomonidan taqdim etilgan veb-sayt yaratish va xosting xizmati boʻlgan. HTML yoki CSS bilimlarini talab qilmaydigan asosiy veb-sayt dizayni uchun vosita hisoblangan.

2008-yil sentabrida Google Page Creator`ga yangi roʻyxatdan oʻtishni qabul qilmasligini eʼlon qildi, va aksincha, foydalanuvchilarni Google saytlaridan foydalanishga undadi. Xizmat 2009-yilda yopilgan, shu bilan birga mavjud nashr qilingan sahifalar Google Sites’ga koʻchirilgan.

Manbalar

Turkum:Toʻxtatilgan Google xizmatlari Turkum:2009-yilda toʻxtatilgan mahsulotlar va xizmatlar