Tsukude – Yaponiyaning Aichi prefekturasi Minamishitara tumanida joylashgan qishloq edi.
2004-yil 1-mayga kelib, qishloqda taxminan 3 263 nafar aholi bor edi va har kvadrat kilometrga 27,8 kishi (72/kv milya)toʻgʻri kelgan. Uning umumiy maydoni 117 kvadrat km (45,33 kvadrat milya) edi.
Geografiyasi Tsukude Aichi prefekturasining sharqiy-markazida joylashgan edi. Qishloqning 90 foizi togʻlar va oʻrmonlar bilan qoplangan va aksariyati Aichi Kōgen Quasi-Milliy bogʻi chegarasida joylashgan edi.
Tarixi Tsukude Sengoku davrida Okudaira urugʻining vatani boʻlgan va Edo davridagi Tokugava syogunati ostida qisqa muddatli Tsukude domeni boʻlgan.
Zamonaviy Tsukude qishlogʻi 1906-yil 1-may kuni toʻqqizta kichik qishloqni birlashtirish orqali tashkil etilgan.
2005-yil 1-oktyabrda Tsukude Xōrai shahri bilan birga Shinshiro shahriga birlashdi va shahar maqomini yuqotdi. thumb|Tsukudening boshlanishi
Turkum:Shinshiro (Aichi) Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Aichi prefekturasining tarqatib yuborilgan munitsipalitetlari